“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 08:50
ЎЗO‘Z

Samarqandlik olimlar energiya olish uchun shamol yo‘nalishlari xaritasini ishlab chiqdi

22 okt, 18:39 2 104 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandlik olimlar energiya olish uchun shamol yo‘nalishlari xaritasini ishlab chiqdi Samarqand davlat universiteti olimlari shamol energiya resurslari xaritasini ishlab chiqdi. Bu xarita asosida shamol kuchli va ko‘p kuzatiladigan hududlarda shamol parraklari bilan chekka hududlar aholisini elektr energiya bilan muntazam ta’minlash, fermerlar uchun yer osti suvlarini tortib chiqarish, issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish mumkin.

«Samarqand viloyatidagi meteorologik stansiyalarning ma’lumotlari va biz o‘rnatgan shamol o‘lchagich asboblar ma’lumotlari asosida Samarqand viloyatining shamol energiya resurslari xaritasi tuzilgan. Unda shamol kuchli esadigan hududlar ajratilgan va ularning elektr beradigan shamol energiya resurslari ko‘rsatilgan. Hozir ham ikkita nuqtada, ya’ni Bulung‘ur tumani Eshmonto‘p qishlog‘i va SamDU 9 qavatli binosi tomida, 40 metr balandlikda shamol tezligini o‘lchaydigan asboblar ishlab turibdi», deyiladi universitet ma’lumotida.

Bu boradagi izlanishlar 2015 yilda universitet olimi A. Rahmatullayev rahbarligida, talabalar bilan birgalikda boshlangan. Bugunga qadar muntazam va kuchli esadigan shamol yo‘nalishlari xaritasi takomillashtirib kelingan. Natijalarga ko‘ra, viloyat hududidagi Qarnab cho‘lining deyarli hamma qismida yil davomida esadigan shamol resurslari bor.

Shuningdek, o‘sha yili Samarqanddagi Cho‘ponota hududida doimiy shamol yo‘nalishlari aniqlangan. Bundan tashqari, Kattaqo‘rg‘on suv ombori, Bulung‘ur, Qo‘shrabot va Payariq tumanlarida ham katta salohiyatga ega shamol yo‘llari aniqlangan. Mazkur hududlarning aksariyat qismida shamol 3,5-4 metr sekunddan yuqori tezlikda esadi.

Olimlar odatdagi shamol generatorlari shamol kuchi 3 metr sekund tezlikka yetganda samarali elektr energiya ishlab chiqarishini ma’lum qilgan. 3,5-4 metr sekund shamol yo‘llarida esa shamol generatorlari bilan birga shamol elektr stansiyalari ham qurish mumkin. Bu energiya olishning arzon va ekologik toza usuli hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 382
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 634
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 95
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 81
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 111
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 331
  • Bo‘limlar