“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 16:31
ЎЗO‘Z

Endi jarima qo‘llashlar ko‘payadi. Ichki ishlar xodimlariga qo‘shimcha vakolatlar berildi

21 okt, 23:55 6 860 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi jarima qo‘llashlar ko‘payadi. Ichki ishlar xodimlariga qo‘shimcha vakolatlar berildi Senatning sakkizinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ma’qullandi.

Ungu ko‘ra, kodeksda epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etib harakatlanayotgan transport vositalarini ushlab turish tartibi joriy qilinmoqda.

Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar transport vositalari haydovchilarining mas’uliyatini oshirish, sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining haddan tashqari darajasiga ega bo‘lgan ish yuklamasini yengillashtirish nazarda tutilgani qayd etilgan.

Kodeksda, shuningidek, nazarda tutilgan transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish ma’muriy huquqbuzarligi uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolatini ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi xodimlari bilan birgalikda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga ham berish bayon etilmoqda.

Qonun bilan kiritilayotgan o‘zgartishlarga asosan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish ma’muriy huquqbuzarligi uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolatini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan bir qatorda ichki ishlar organlariga ham berish nazarda tutiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi va e’lon qilingan kundan kuchga kirishini inobatga olib, mutasaddi idoralarga uni keng targ‘ib qilish hamda to‘liq ishlashi uchun zarur mexanizmlarni ishlab chiqib, joriy etish topshirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 12
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 155
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Bo‘limlar