“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2020, 20:15
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklif qilindi

20 okt, 14:14 953 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklif qilindi «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekistonda 16 yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish haqida petitsiya joylashtirildi.

«O‘zbekistonda o‘n olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish kerak. Aksariyat xorijiy davlatlarda avtomobil boshqarishga o‘n olti yoshdan ruxsat berilgan. Bu orqali maktabning katta sinf o‘quvchilarini ish bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi. Agar o‘quvchilarning bandligini ta’minlasak, ular orasidagi jinoyatchilikni kamaytirishga ham erishamiz.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda O‘zbekistonda o‘n olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berishni taklif qilamiz
», — deyiladi petitsiyada.

Yakunlanishiga 85 kun qolgan mazkur petitsiyani yoqlab hozirda 230 kishi ovoz bergan, 276 kishi esa qarshi chiqqan.
Petitsiya ostiga qoldirilgan izohlardan ko‘rish mumkinki, ko‘pchilik avtomobil boshqarish huquqini 16 yoshdan emas, balki yanada ko‘tarishni taklif qilgan.

«Yaxshisi 21-22 yoshga ko‘tarish kerak deb hisoblayman. 18 yosh bu juda erta», — deya izoh qoldiradi foydalanuvchilardan biri.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshlarida «Mening fikrim» portaliga sug‘urta polisi yo‘qligi tufayli avtotransport vositasini jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish haqidagi petitsiya joylashtirilgan va u parlamentda ko‘rib chiqish uchun yetarli bo‘lgan 10 000 dan ortiq ovoz to‘plagandi. Sentabr oxirlarida esa avtomobilning sug‘urtasi yo‘qligi uchun jarima maydonchasiga joylashtirish amaliyoti bekor qilindi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • OTMlarda an’anaviy ta’limga ruxsat beriladi 18 okt, 23:01
  • 1 sentabrdan O‘zbekiston fuqarolarining Qirg‘izistonga kirishiga ruxsat beriladi 30 avg, 18:35
  • Oliy sud mojaroga nuqta qo‘ydi: mashina orqa yon oynalariga parda o‘rnatish qonunbuzarlik emas! 25 avg, 18:28
  • Yuridik shaxslarga barcha ta’lim turlari bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi mumkin 05 avg, 12:35
  • Aziza Xo‘jayeva: "Kuchli karantinga emas, bemorlarga sharoit yaratishga ko‘proq ahamiyat berish kerak" 25 iyul, 08:22
  • Qaysi hollarda bola 6 yoshdan maktabga qabul qilinishi mumkin? 18 iyul, 19:36
  • So'nggi yangiliklar
  • Dvigateli ishlamay qolgan samolyot trassadagi yo‘ltanlamasga borib urildi 05 dek, 19:57 9
  • Dvigateli ishlamay qolgan samolyot trassadagi yo‘ltanlamasga borib urildi 05 dek, 19:23 218
  • O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi tashkil etildi 05 dek, 18:55 191
  • 605 million so‘mlik tibbiy buyumlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi 05 dek, 18:30 164
  • Soch to‘kilishiga qarshi yordam beradigan kutilmagan vosita nomi ma’lum qilindi 05 dek, 18:00 463
  • "Spartak" Oston O‘runov transferi bo‘yicha rasmiy taklif oldi 05 dek, 17:25 609
  • 600 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan tovarlar to‘xtatib qolindi 05 dek, 16:57 209
  • Salkam 2 milliard so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi 05 dek, 16:30 222
  • “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning kuchi nimada? 05 dek, 16:00 432
  • Qonun hujjatlari loyihalari davlat tilida tayyorlanishi lozim 05 dek, 15:23 256
  • Menni Pakyao 2022 yilda Filippin prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi 05 dek, 14:49 297
  • Burak O‘zchivit va O‘zge Torer: Ularning munosabati ishdagi ishqmi yoki mish-mish? 05 dek, 14:14 463
  • Bo‘limlar