“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 11:27
ЎЗO‘Z

Mutaxassis koronavirusga qarshi immunitetni mustahkamlash yo‘llari haqida ma’lum qildi

20 okt, 12:10 2 889 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mutaxassis koronavirusga qarshi immunitetni mustahkamlash yo‘llari haqida ma’lum qildi Har qanday odam o‘z odatlarini o‘zgartira olsa, koronavirusga qarshi shaxsiy himoya darajasini oshira oladi.
Rossiyaning Virusli infeksiyalar profilaktikasi va ularni davolash ilmiy-axborot markazi direktori Georgiy Vikulov immun tizimi har qanday virusdan asosiy himoya ekanini eslatib o‘tgan va uni mavsumiy kasalliklarga tayyorlash o‘z qo‘limizda ekanini aytgan.

Buning uchun muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish lozim. Biroq bunda ham me’yorga amal qilish kerak. Haddan ortiq jismoniy faollik ham kam harakatli turmush tarzi kabi immunitetga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “Haddan ortiq zo‘riqish kuchli stress omili bo‘lib, u distressga aylanib, endokrin mexanizmlar orqali ko‘plab immunologik reaksiyalarni yo‘qqa chiqarishi mumkin”, deb tushuntirgan mutaxassis.

Me’yoridagi jismoniy faollik bilan birga ovqatlanishdagi odatlar ham muhimdir. Immunologning ta’kidlashicha, immunitetga yurak-tomir tizimining holati ham ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tizimning holati esa xolesterin miqdoriga bog‘liq. Shu sababli yog‘li taomlarni iste’mol qilishdan qochish lozim. Shuningdek, tamaki chekish va spirtli ichimliklar ichish kabi zararli odatlarni tashlash zarur.

Avvalroq sovqotish immunitetning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini zaiflashtirishi ma’lum qilingandi. Shu sababli koronavirusga chalinish darajasi oshganda issiqda qolish muhim hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 0
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 442
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 103
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 0
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 0
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Bo‘limlar