“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2020, 19:33
ЎЗO‘Z

Yevropa futboliga ilk qadam. Shomurodov qanday o‘ynadi?

20 okt, 10:30 1 420 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yevropa futboliga ilk qadam. Shomurodov qanday o‘ynadi? Nihoyat, O‘zbekistonning bugungi kundagi eng kuchli hujumchisi Eldor Shomurodov o‘zi orzu qilgani va muxlislar kutganidek, Yevropa futbolidagi debyutini nishonladi. Bu Eldorga ham, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun ham tarixiy voqea bo‘ldi.

Shomurodov kuchli beshlik chempionatlaridagi ilk uchrashuvini Italiyaning tarixiy maskanlaridan biri – Venetsiya provinsiyasi markazi Verona shahridagi “Stadio Mark-Antonio Bentegodi” stadionida, tarixi bir asrdan o‘tgan “Verona” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

A Seriyaning to‘rtinchi turidan o‘rin olgan ushbu bellashuv haqida gapirganda, katta ustunlik mezbonlar tomonida bo‘lganini ta’kidlash lozim. “Verona” uy uchrashuvlarida zo‘r o‘ynaydigan jamoa. O‘tgan mavsumda kuchli uchlikdan joy olgan “Atalanta”, “Inter” va “Yuventus” kabi qudratli klublar ham Veronadagi bellashuvlarda qimmatli ochkolarni tashlab ketgan edi.

Yaqinda “Jenoa”da koronavirus bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyat jamoa o‘yiniga salbiy ta’sir o‘tkazgani sezildi. Rolando Maran shogirdlari qiyin o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolib, bir ochko olganini yutuq sifatida baholash mumkin. Uchrashuv oldidan aksariyat muxlisu mutaxassislar veronaliklarning imkoniyatini juda yuqori baholayotgan edi.

Eldor Shomurodovning bahsni boshlang‘ich tarkibda boshlagani ham yoqimli syurpriz bo‘ldi. Genuyalik muxlislar o‘zbekistonlik legionerni ijtimoiy tarmoqlarga O‘zbekiston bayrog‘ini qo‘yish orqali qo‘llab-quvvatlab, o‘z ishonch va ehtiromini izhor qildi. Eldor ham o‘yinda yo‘qolib qolgani yo‘q. U ilk uchrashuvidayoq maydonning turli burchaklarida kurashdi. Oldingi chiziqda, hujum tashkil qilishda, himoyalanishda jamoasiga yordam berdi. Ayniqsa, yuqoridan kelayotgan to‘p uchun kurashda o‘z ustunligini namoyish eta oldi. Mashhur hujumchi Goran Pandev hamyurtimizga dalda berib turdi. Umuman olganda, 63 daqiqa o‘ynagan Shomurodov harchand harakat qilsa ham, gol urolmaganiga qaramay, uning debyuti yomon chiqmadi.

“Jenoa” bosh murabbiyi Rolando Maran uchrashuvdan keyin Eldorning o‘yinini alohida e’tirof etdi.
- Shomurodov Italiya futboli haqida hali to‘liq tasavvurga ega emas. Shunga qaramay, men unga o‘yinda qatnashish imkonini berdim. U safimizga boshqa chempionatdan keldi va uning yangi tizimga moslashib olishi uchun vaqt kerak, albatta. Eldor, eng avvalo, sabrli bo‘lishi darkor. O‘yinda u birorta xatoga yo‘l qo‘ymadi, shuning uchun men unga o‘yin uchun minnatdorlik bildiraman, - deydi Rolando Maran.

“Verona”dagi golsiz durangdan so‘ng, Eldor Shomurodov jamoasi ochkolari sonini to‘rttaga yetkazib, 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Veronaliklar esa, yettinchi ochkosini qo‘lga kiritib, yettinchi pog‘onaga joylashdi.

Genuyaliklar boshqa klublarga qaraganda, bitta o‘yin kam o‘tkazgan. Agar “Jenoa” uchinchi turning qoldirilgan uchrashuvida hali birorta ochko jamg‘ara olmagan “Torino”ni mag‘lub eta olsa, kuchli sakkizlik safiga qo‘shiladi. Bu o‘yin 4 noyabrga belgilangan.

“Jenoa” 24 oktabrda bo‘ladigan beshinchi tur uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazadi. Shu kuni Genuyada “Inter” jamoasining yulduzli tarkibi mehmon bo‘ladi. Demak, Eldor Shomurodovda Samir Xandanovich, Lautaro Martines, Romelu Lukaku, Ashraf Hakimi, Ivan Perishich, Arturo Vidal, Aleksis Sanches kabi jahon futboli yulduzlariga qarshi to‘p surish imkoni bor.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin 29 sen, 16:14
  • Eldor Shomurodov va «Rostov» Yevropa Ligasini qaysi bosqichdan boshlashi ma’lum bo‘ldi 26 iyul, 13:12
  • RPL. Azmun mavsumning eng yaxshi to‘purari, Shomurodov esa kuchli beshlikka ham kira olmadi 23 iyul, 21:50
  • Anchelotti: Ronalduning yagona xatosi «Yuventus» safiga o‘tgani bo‘ldi 23 okt, 16:30
  • Tojikiston terma jamoasi a’zosi yangi mavsumni "Nasaf"da boshlashi mumkin 04 yanv, 23:02
  • Burkina-Faso hamda Suriyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik jarayoni boshlandi 21 avg, 13:43
  • So'nggi yangiliklar
  • Dvigateli ishlamay qolgan samolyot trassadagi yo‘ltanlamasga borib urildi 05 dek, 19:23 0
  • O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi tashkil etildi 05 dek, 18:55 0
  • 605 million so‘mlik tibbiy buyumlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi 05 dek, 18:30 1
  • Soch to‘kilishiga qarshi yordam beradigan kutilmagan vosita nomi ma’lum qilindi 05 dek, 18:00 0
  • "Spartak" Oston O‘runov transferi bo‘yicha rasmiy taklif oldi 05 dek, 17:25 219
  • 600 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan tovarlar to‘xtatib qolindi 05 dek, 16:57 141
  • Salkam 2 milliard so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi 05 dek, 16:30 159
  • “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning kuchi nimada? 05 dek, 16:00 272
  • Qonun hujjatlari loyihalari davlat tilida tayyorlanishi lozim 05 dek, 15:23 206
  • Menni Pakyao 2022 yilda Filippin prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi 05 dek, 14:49 227
  • Burak O‘zchivit va O‘zge Torer: Ularning munosabati ishdagi ishqmi yoki mish-mish? 05 dek, 14:14 339
  • Inqiroz-2021: kelayotgan yil so‘nggi 75 yildagi eng og‘iri bo‘lishi mumkin 05 dek, 13:40 696
  • Bo‘limlar