“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:34
ЎЗO‘Z

Mazali va foydali: kosmetik vositalar o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan tabiiy mahsulotlar

20 okt, 00:23 2 339 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mazali va foydali: kosmetik vositalar o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan tabiiy mahsulotlar Foto: Bundilla Clinic
Iste’mol mahsulotlari tashqi ko‘rinish va salomatlik uchun muhim rol o‘ynaydi. Ularning ayrimlari ratsionda bo‘lmasligi so‘lg‘in ko‘rinish va holsizlikka sabab bo‘lsa, ba’zilarini kanda qilmaslik kosmetik vositalari o‘rnini bosishi, ya’ni tabiiy va go‘zal ko‘rinishga sababchi bo‘lishi mumkin.

Yuz rangi uchun
Bulg‘or qalampiri (qizil va sarig‘i) va sabzi terini sog‘lom ko‘rsatib, unga chiroyli rang beradi. Bundan tashqari, mazkur mahsulotlar tarkibidagi karotin ko‘zlarning porlab turishini ta’minlaydi. Shotlandiyalik olimlar t omonidan o‘tkazilgan tadqiqotda bulg‘or qalampiri va sabzini iste’mol qilgan ayollarning o‘ziga xos tarzda latofatli ekani aniqlangan. Go‘zal va sog‘lom ko‘rinishni istaydiganlarga bulg‘or qalampiridan tayyorlangan salat va sabzili sharbat iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Yanoqlarga urg‘u berish
Yanoqlarning yanada jozibali bo‘lishi uchun tonal krem yoki rumyanadan foydalanish yoki shunchaki ismaloqni ratsionga kiritish kerak. Parhezshunoslar ushbu mahsulotning mikroelementlarga boy ekani sabab organizmda namlikni ushlab turishi, shuningdek, teri va mushaklarni mustahkam va elastik saqlashini ta’kidlaydi.

G‘uncha lablar uchun
Lablar g‘uncha singari chiroyli bo‘lishi uchun turli amaliyotlarni o‘tkazish shart emas. Shunchaki qizil bulg‘or qalampirini iste’mol qilib ham maqsadga erishish mumkin. Tarkibidagi kapsaitsin sabab mazkur mahsulot qon sirkulyatsiyasini yaxshilaydi, bu esa lablarning ko‘rinishiga ham ta’sir etmay qolmaydi.

Sog‘lom teri uchun
Yuzdagi husnbuzar, yallig‘lanishlarga qarshi kurkuma yaxshi samara beradi. Tarkibidagi A va C vitamini sabab yallig‘lanish jarayoni bartaraf etiladi va teri toza va sog‘lom ko‘rinadi. Yuz terisi yanada sog‘lom ko‘rinishi uchun esa qon sirkulyatsiyasini yaxshilash xususiyatiga ega bo‘lgan likopinga boy tarvuzli sharbat iste’mol qilish tavsiya etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 93
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 256
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 167
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 243
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 380
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 176
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar