“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 19:51
ЎЗO‘Z

Japarov Qirg‘iziston prezidenti vakolatlari o‘ziga o‘tganini ma’lum qildi

15 okt, 20:25 2 816 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Japarov Qirg‘iziston prezidenti vakolatlari o‘ziga o‘tganini ma’lum qildi Qirg‘iziston bosh vaziri Sadir Japarov mamlakat prezidentining barcha majburiyatlari o‘ziga o‘tganini ma’lum qildi.

«Bu haqiqiy g‘alaba. Barcha o‘z joyida. Prezident Sooronbay iste’fo berdi. Spiker Kanat Isayev prezident funksiyalarini bajara olmasligi to‘g‘risida ariza yozdi. Shu tufayli bugundan davlat rahbarining barcha vazifa va majburiyatlari menga o‘tdi», - dedi Japarov hukumat uyida o‘z tarafdorlari qarshisidagi chiqishida.

Kun avvalida mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun prezidentlik lavozimini tark etayotganini e’lon qilgandi. Prezidentning iste’fosidan keyin, Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi belgilangandi.

Namoyishlar vaqtida bir necha kun davomida parlament spikeri bo‘lib turgan Miktibek Abdildayev 10 oktabr kuni iste’foga chiqqanini e’lon qilgandi.

Prezident iste’fosi to‘g‘risidagi chaqiriqlar o‘tgan hafta boshidagi mitinglarda yangray boshlagandi, o‘shanda parlament saylovida parlamentdan o‘rin ololmagan muxolifatchi partiyalar norozilik namoyishlarini boshlashgandi.

6 oktabrga o‘tar kechasi namoyishchilar «Mekenchil» («Vatanparvar») partiyasi asoschisi bo‘lgan Sadir Japarovni qamoqdan ozod qilishgandi. U 2013 yilda Qorako‘lda mitinglar uyushtirgani hamda Issiqko‘l gubernatori Emilbek Kaptagayevni garovga olgani uchun 2018 yilda 11,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Namoyishlar vaqtida shu yil yozidan buyon hukumatni boshqarib turgan Kubatbek Bo‘ronov iste’fo berdi.

6 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti deputatlarining bir qismi Sadir Japarov nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi.

Ammo 13 oktabr kuni prezident Sooronbay Jeenbekov parlament qarori yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun deputatlarning yetarli soni unga ovoz berishi kerakligini aytib, Japarovni bosh vazir sifatida tan olmadi.

14 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarovni yana bir bor bosh vazirlikka tayinladi va bu safar prezident uning nomzodini qabul qildi.

Aynan uning talabi ortidan Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste’foga chiqdi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti parlamentning Japarovni bosh vazirlikka tayinlash to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topdi 13 okt, 19:46
  • Japarov Qirg‘iziston prezidenti yaqin kunlarda iste’foga chiqishini aytdi 10 okt, 22:00
  • Sadir Japarov Qirg‘iziston bosh vaziri etib tasdiqlandi 10 okt, 21:30
  • Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishi shartini ma’lum qildi 09 okt, 10:10
  • Atamboyev Bishkekda muddatsiz miting boshladi. Prezident, hukumat va parlament iste’fosi talab qilinadi 08 avg, 14:43
  • Jeenbekov sobiq prezidentlarni daxlsizlikdan mahrum qilish haqidagi qonunni imzoladi 17 мая, 07:10
  • So'nggi yangiliklar
  • Qurilish vaziri sohadagi korrupsion sxema haqida gapirdi 16 yanv, 18:48 0
  • Futbolda so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi terma jamoa murabbiylari aniqlandi 16 yanv, 18:20 0
  • Kivi mavsumi: Ushbu meva immunitetga qanday ta’sir qiladi? 16 yanv, 17:43 10
  • Qarzdorning qidiruvdagi “LACETTI” rusumli avtotransport vositasi topildi 16 yanv, 17:17 116
  • Yangi qonun kuchga kirdi 16 yanv, 16:46 387
  • "Nasaf" darvozaboni "Neftchi"da! 16 yanv, 16:18 270
  • O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi 16 yanv, 15:57 303
  • Jasur Jaloliddinovning agenti: «Bunyodkor» sobiq direktori Jasurni qo‘yib yuborishni istamagandi 16 yanv, 15:27 211
  • Shavkat Mirziyoyev 17 yoshli talaba qizning taklifini qo‘llab-quvvatladi 16 yanv, 14:49 139
  • Qayroqqum suv omborida to‘g‘on yorilgani haqida mish-mish tarqatganlar qo‘lga olindi 16 yanv, 14:11 282
  • Ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkazishga yordam beradigan 9 tavsiya 16 yanv, 13:25 146
  • O‘z otasini oq qilgan o‘g‘il. U kim edi? 16 yanv, 12:43 576
  • Bo‘limlar