“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:17
ЎЗO‘Z

Anvar G‘aniyev to‘yda biqiniga xanjar tiqishgani haqida gapirib berdi (video)

11 okt, 13:15 5 116 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Anvar G‘aniyev to‘yda biqiniga xanjar tiqishgani haqida gapirib berdi (video) Foto: «Daryo»
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar G‘aniyev «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Anvar G‘aniyev suhbat davomida to‘yda biqiniga xanjar tiqishgani, bu holatni guruhidagi yigit ko‘rib tursa-da, ko‘rmaslikka olgani haqida gapirib berdi.

- "Eski shaharda to‘y bo‘lgan, o‘shanda qo‘shiq aytib turganimda, to‘yxonaga ustoz Xayrulla Lutfullayev kelib qoldilar. Menda shunaqa odat borki, ustozlar kelib qolsa darrov qo‘shiq aytishni to‘xtataman, iloji bo‘lsa ustozga choy quyib berib, yonlarida turaman. Endi Xayrulla aka kelib qolganlaridan keyin, qo‘shiq aytishim g‘alati edi, qo‘shiq aytishni to‘xtatdim.

O‘sha vaqtda bitta bola keldi, Muxriddin akani «Qiz bola» degan qo‘shig‘ini so‘radi, «Xo‘p, ustozdan keyin aytamiz» dedim. Keyin borib burchakda o‘tirdim. Bu 90 yillardagi gaplar. Stolni burchagida o‘tiribman, haligi bola kelib yonimga o‘tirdi, yoz kuni edi, kostyum kiymaganman, yengi kalta ko‘ylakdaman. Qo‘lida xanjar. Uzun stul, u paytlarda uzun stul bo‘lardi, ko‘rpacha bog‘lab qo‘yilardi, to‘y hovlida bo‘lyapti, hovli esa kichkina. Xanjarni o‘ng tarafimga jigar tomonimga tirab turib, «Nimaga aytmading qo‘shiqni?» deyapti.

«Ustoz keldilar, hozir tugatsinlar, aytib beraman» dedim. «Nega hozir aytmading» deb gapga ko‘nmayapti. Borgan sari xanjarni biqinimga botiryapti. Najot izlayapman. Guruhimizdagi bir yigit to‘g‘rimda o‘tiribdi, vaziyatni bilib turibdi, ko‘rib ko‘rmaslikka olib, boshqa joyga qarab turibdi. Uning bu ishi rosa alam qilgandi. Sekin borib to‘y egasini aytib kelsa bo‘lardi-ku. U esa yuzini burib, ko‘rmaganga olib turibdi. Nima bo‘lsa bo‘ladi endi, dedim.

Shu paytda bizni kimdir ko‘rib qoldi, to‘y egasi obro‘li kishi ekan, xanjarli yigitni yoqasidan ushlab ko‘chaga chiqarib tashlashdi.

Lekin o‘shanda xanjar biqinimga 2-3 sm kirgan edi. Allohga shukr qilaman, o‘sha payt sekingina kelib xanjarni bir suqib ketishi ham mumkin edi, Alloh o‘zi asradi. Birga yurgan odamlarimizning ham asl yuzini ko‘rganmiz. Hayotda shunday vaziyatlar ham bo‘larkan
", - deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar G‘aniyev.

Ma’lumot uchun, Anvar G‘aniyev «O‘zim hofiz sevgan yorim to‘yida», «Oh, sevaman», «Malikam», «Armon», «Ko‘nglima», «Sog‘indim», «Jayron» singari ko‘plab qo‘shiqlari muxlislar orasida ommalashgan. Xonanda 2017 yilda «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida «Kutganim» deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini ham taqdim etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 32
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 539
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 344
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 444
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 126
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar