“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:59
ЎЗO‘Z

Har kuni bir bo‘lakdan sarimsoq piyoz yeyilsa, organizmda qanday o‘zgarish kuzatiladi?

08 okt, 23:10 5 717 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Har kuni bir bo‘lakdan sarimsoq piyoz yeyilsa, organizmda qanday o‘zgarish kuzatiladi? Foto: Marie Claire
Sarimsoq piyoz kuchli antioksidantlik va virusga qarshi xususiyatga ega hisoblangani uchun ham shifokorlar tomonidan, ayniqsa, shamollash ko‘p uchraydigan faslda kanda qilmaslik tavsiya qilinadi. Shifokor-parhezshunos Natalya Grigorevna sarimsoq piyozni ratsionga kiritish muhimligi sabablari haqida ma’lumot beradi.

Kam shamollaysiz
Sarimsoq piyoz tarkibidagi allitsin virusga qarshi xususiyatga ega ekanligi ko‘plab tadqiqotlarda aniqlangan. U immun sistemasini mustahkamlaydi, viruslar yo‘q bo‘lishida ahamiyatli bo‘lgan T-limfotsitlarni sintez qilinishini rag‘batlantiradi.

Tadqiqotlarda sarimsoqning o‘zi emas, ekstraktidan foydalanilgan. Ekstraktdagi va sarimsoq tarkibidagi allitsin miqdorida farq bo‘lgani sabab immunitet mustahkam bo‘lishi uchun qancha sarimsoq yeyish kerakligini aniq aytish mushkul. Aksariyat hollarda bu hazm tizimidan kelib chiqqan holda individual bo‘lishi mumkin. Umuman olganda esa bir kunda 1-2 dona sarimsoq bo‘lagini iste’mol qilish yetarli bo‘ladi. Maydalangan sarimsoqda allitsin miqdori ko‘proq bo‘ladi. Salomatlikka ko‘proq foyda berishi uchun birinchi uni ezib, so‘ngra maydalash tavsiya qilinadi.

Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida samara beradi
Sarimsoq iste’mol qilish milkdagi yallig‘lanish kasalliklari xavfining oldini oladi. Gap shundaki, tarkibidagi fitonsidlar bakteriyalarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Ular periodontit keltirib chiqaradigan patogen mikroorganizmlar bilan kurashib ularni yo‘q qiladi.

Allergiyada yordam beradi
Sarimsoq allergik reaksiyalarni qo‘zg‘atadigan gistamin oqsillarini kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan etilatsetatni o‘z ichiga oladi. Allergik reaksiya paytida bir dona sarimsoq yeyish ijobiy samara beradi.

Ayollardagi kasalliklarning oldini oladi
Sarimsoq piyoz ayollarda uchraydigan kandidozlarga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatadi. Uni muntazam iste’mol qilish natijasida patogen o‘simtalarning rivojlanishi nazorat qilinadi. Fitonsidlar zamburug‘, bakteriya va mikroblar ko‘payishining oldini oladi.

Yoshroq ko‘rinasiz
Sarimsoq boy bo‘lgan allitsinning yana bir o‘ziga xosligi uning antioksidantlik xususiyati hisoblanadi. Ratsionda antioksidantlarga boy mahsulotlarning mavjud ekani va ularning kanda qilmasdan iste’mol qilinishi teri tarangligini ta’minlaydi va erta qarishning oldini oladi.

Jigar salomatligi yaxshilanadi
Inson organizmida detoksikatsiya, ya’ni organizmdagi zaharli, ziyon keltiruvchi moddalarni neytrallash jarayoniga jigar javob beradi. Sarimsoq piyozda esa detoksikatsiya jarayonida ishtirok etadigan jigar fermentlarini ko‘paytirish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 94
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 259
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 169
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 243
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 380
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 177
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar