“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 03:58
ЎЗO‘Z

Yurak baquvvat bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Nemis kardiologi shaxsiy sirlarini ochdi

06 okt, 16:22 9 969 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yurak baquvvat bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Nemis kardiologi shaxsiy sirlarini ochdi Foto: «Gazeta.Ru»
Germaniyadagi Sana Hospital Düsseldorf-Benrath bosh shifokori, kardiolog Torsten Dillning aytishicha, yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq aksariyat xunuk oqibatlarning oldini olish mumkin. Qanday qilib? Bunga mutaxassisdan intervyu olgan «Focus.de» aniqlik kiritdi.

Kardiologning aytishicha, yurakning ishemik kasallanishi, yurak yetishmovchiligi va aritmiya (yurak urishining buzilishi) — o‘zaro chambarchas bog‘liq, shuning uchun ham ularga qarshi deyarli bir xil tavsiyalar beriladi.

«Sog‘lom ovqatlanib, jismoniy faollikni to‘xtatmaslik kerak. Jismoniy mashqlarga haftasiga 150-180 daqiqa ajratsangiz kifoya. Ko‘proq piyoda yurish, liftdan emas, zinalardan foydalangan ma’qul — oddiy, ammo samarasi juda zo‘r. Yurak hamda qon tomirlarini muhofazalashda xolesterin miqdori va qon bosimini doimo nazorat qilib turish ham juda muhim. Tamaki chekishni esa butunlay unuting», — dedi kardiolog.

Torsten Dillning o‘zi, ob-havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar, haftasiga muntazam uch marta yugurishga chiqadi va kamida 1 soat tinmay chopadi.

«Boshqa hech qanday mashqlar kerakmas, yugurishning o‘zi menga yetadi. Albatta, kunlik ovqatlanish tartibini saqlash: iloji boricha go‘shtni kamaytirib, baliq va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilish payida bo‘laman», — dedi doktor.

Nemis kardiologining fikricha, yurak kasalliklarining bosh sababi — siqilish. Stressga olib keluvchi sabablar esa kam uxlash yoki yaxshi uxlamaslik, chekish, ko‘p miqdorda shirinliklar yoki alkogol iste’mol qilishdir, deydi Torsten Dill.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 176
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 103
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 215
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 336
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 169
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 291
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 70
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 36
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 18
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 79
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 127
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 60
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 186
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 201
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 270
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 153
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 97
  • Bo‘limlar