“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 17:03
ЎЗO‘Z

Vadim Abramov Shomurodov transferini qanday qabul qildi?

02 okt, 19:03 2 354 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vadim Abramov Shomurodov transferini qanday qabul qildi? Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari “Rostov”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovdan fikrlarini so‘radi.

- Milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida men uchun eng asosiysi, Shomurodovning “Jenoa”da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishidir. Rossiya premer-ligasining Italiya kabi top chempionatlardan farqi katta, deb o‘ylamayman. “Rostov” ham “Jenoa”dan kuchsiz jamoa emas. “Inter” va “Yuventus” singari kuchli klublarga qarshi o‘yinlar mavsum davomida ko‘p ham bo‘lavermaydi. “Rostov” ham Yevropa Ligasining guruh bellashuvlariga chiqqanida ana shunday grand jamoalar bilan kuch sinashish imkoniga ega bo‘lardi.

Moslashish jarayoni har kimda turlicha kechadi. Buyuk futbolchilar ham birdaniga zo‘r o‘ynab keta olmaydi. Har qanday o‘yinchiga yangi ligaga o‘tganida moslashish uchun muayyan vaqt kerak. Eldor “Jenoa”da o‘ynab ketoladi, deb o‘ylayman. To‘g‘risi, u kamtar yigit va aynan shu xislati unga xalaqit qilishi mumkin. Italiyaliklar esa, bag‘rikeng yigitlar va ularning tili ham unchalik murakkab emas. Transfer borasida Eldor bilan hali gaplashmadim. U terma jamoaga yetib kelishi kerak. Beshinchi oktabrga chiptasi bor. Lekin kelish-kelmasligini bilmayman.

Vaqt O‘zbekistonda sifatli va saviyali futbolchilar borligini ko‘rsatmoqda. Biz O‘zbekiston futbolida hammasi joyida ekanini ko‘rsatish uchun terma jamoalar miqyosida Rossiya bilan uchrashishimiz kerak. Mahsulotni bevosita ko‘rsatish kerak, deyishadiyu. “Paxtakor” “Spartak” bilan o‘yinda omadsizlikka duch keldi (0:4). Bu vaziyat taqozosi edi. Agar hozir ular yana kuch sinashsa, umuman boshqacha o‘yin bo‘ladi
, - dedi Vadim Abramov.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempioni va 2023 yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga chiqish uchun qo‘shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib bormoqda.

Shu sababli, milliy jamoamiz futbolchilari uchun 3-16 oktabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Ushbu yig‘in doirasida Eron hamda BAA terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan.

8 oktabr kuni terma jamoamiz Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs “Paxtakor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 oktabr kuni Dubay shahrida BAA vakillariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Vadim Abramov yig‘inga quyidagi futbolchilarni taklif etgan.

Eldor Shomurodov bugungi kunda mamlakatimiz bosh jamoasining asosiy hujumchisi va to‘purari hisoblanadi. U terma jamoa tarkibida 43 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 20 marotaba aniq nishonga olgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 110
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 41
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 100
  • So'nggi yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 0
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 0
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 0
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 0
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Bo‘limlar