“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 18:55
ЎЗO‘Z

Koronavirus parhezi: kasallikka chalinganda voz kechish kerak bo‘lgan 6 ta mahsulot

29 sen, 15:30 2 304 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus parhezi: kasallikka chalinganda voz kechish kerak bo‘lgan 6 ta mahsulot Foto: «Domashniy ochag»
Organizm oddiy shamollash yoki COVID-19 bilan kurash olib borayotganda, eng avvalo, kuchga muhtoj bo‘ladi. Aynan shunday paytda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish juda muhimdir. Sababi iste’mol qilinayotgan har bir mahsulot «kurash»da katta rol o‘ynaydi. Agar kasallik alomati sezila boshlansa, quyidagi 6 mahsulotni ratsiondan chiqarish tavsiya etiladi.

Apelsin sharbati
Agar kasallik yo‘tal yoki shamollash bilan kechadigan bo‘lsa, apelsin, mandarin yoki ulardan tayyorlanadigan sharbatni ichishni to‘xtatgan ma’qul. Sababi ushbu mevalar tarkibida limon kislotasi ko‘p bo‘lib, u yallig‘langan tomoqning shilliq qavatiga zarar yetkazishi va tiklanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Shirinliklar
Ayniqsa, kasallangan paytda organizm shirinlik talab qiladi, go‘yoki undan kasallikka qarshi kurashda energiya oladigandek tuyuladi. Aslida esa bunday emas, tarkibida shakar bo‘lgan biror shirinlik iste’mol qilinsa, immunitet susayadi va kasallik qaytalanishi holati kuzatiladi. Undan ko‘ra, shirinliklar o‘rniga shakarsiz qora shokolad iste’mol qilish tavsiya etiladi, buning uchun tana egasidan, albatta, minnatdor bo‘ladi.

Kofeinli gazlangan ichimliklar
Shirin ta’mga ega gazlangan ichimliklarni ratsiondan umuman chiqarib tashlagan ma’qul. Ular, avvalo, yurak-qon tomir tizimiga zarar yetkazadi. Modda almashinuvini buzadi va hatto saraton xavfini ham oshiradi. Ayniqsa, kasal bo‘lganda organizm uchun ikki marotaba zarar, kofein tanani suvsizlantiradi, shakar esa immunitetni tushiradi.

Spirtli ichimliklar
Har qanday kasallikka chalingan yoki, umuman, sog‘lom insonga ham spirtli ichimlikning turgan-bitgani zahar. Birinchidan, tanani suvsizlantiradi. Ikkinchidan, oshqozon-ichak yo‘li bilan bog‘liq har qanday muammolarni kuchaytirishi mumkin. Agar ich qotishi yoki diareya kuzatilayotgan bo‘lsa, spirtli ichimliklar qabul qilishni bas qilish kerak.

Fast-fud
Bonn universitetining tadqiqotchilari shuni ma’lum qildiki, fast-fud taomlar organizmni kuchsizlantirib, unga turli xil kasalliklar yuklanishiga sabab bo‘lar ekan. Shuning uchun ham bu kabi tezpishar yeguliklardan nafaqat kasallangan vaqtda, balki sog‘lom paytdayoq voz kechish kerak.

Achchiq taomlar
Agar shamollash burun va tomoq sohalarida sezila boshlansa, buning uchun achchiq taomlar iste’molini darhol to‘xtatish kerak. Har qanday achchiq taomlar burun va tomoq shilliq qavatiga zarar yetkazadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Shamollashdan darak beruvchi, xayolingizga ham keltirmagan alomatlar 23 sen, 19:55
  • Shakardan voz kechilsa organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 sen, 21:05
  • Qanday yeguliklarni birga iste’mol qilish mumkin emas? 20 sen, 17:13
  • Non va shirinliklardan voz kechilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 07 avg, 14:45
  • Erta tongda ichish tavsiya etiladigan 6 xil foydali sharbat 24 iyul, 09:18
  • Apelsin, mandarin hamda limonning ko‘z va xotiraga ta’siri qanday? 04 noya, 16:20
  • So'nggi yangiliklar
  • Futbolda so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi terma jamoa murabbiylari aniqlandi 16 yanv, 18:20 0
  • Kivi mavsumi: Ushbu meva immunitetga qanday ta’sir qiladi? 16 yanv, 17:43 10
  • Qarzdorning qidiruvdagi “LACETTI” rusumli avtotransport vositasi topildi 16 yanv, 17:17 116
  • Yangi qonun kuchga kirdi 16 yanv, 16:46 387
  • "Nasaf" darvozaboni "Neftchi"da! 16 yanv, 16:18 269
  • O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi 16 yanv, 15:57 303
  • Jasur Jaloliddinovning agenti: «Bunyodkor» sobiq direktori Jasurni qo‘yib yuborishni istamagandi 16 yanv, 15:27 211
  • Shavkat Mirziyoyev 17 yoshli talaba qizning taklifini qo‘llab-quvvatladi 16 yanv, 14:49 138
  • Qayroqqum suv omborida to‘g‘on yorilgani haqida mish-mish tarqatganlar qo‘lga olindi 16 yanv, 14:11 281
  • Ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkazishga yordam beradigan 9 tavsiya 16 yanv, 13:25 146
  • O‘z otasini oq qilgan o‘g‘il. U kim edi? 16 yanv, 12:43 575
  • R.Kusherbayev hokimlarni noqonuniy "snos" bo‘yicha hushyor bo‘lishga chaqirdi 16 yanv, 12:05 463
  • Bo‘limlar