“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 19:45
ЎЗO‘Z

Putin Rossiyaning koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinasi tez orada ro‘yxatdan o‘tkazilishini ma’lum qildi

24 sen, 07:00 1 049 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putin Rossiyaning koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinasi tez orada ro‘yxatdan o‘tkazilishini ma’lum qildi Foto: AGN «Moskva»
Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan ikkinchi vaksina tez orada ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin senatorlar oldidagi nutqida ma’lum qildi.

Putin nutqi davomida rossiyalik olimlar dunyoda birinchi bo‘lib “koronavirusdan himoyalay oluvchi” vaksinani yaratishganini eslatib o‘tgan. “Darvoqe, tez orada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkaziladi”, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya prezidenti.

Putinning ta’kidlashicha, oxirgi oylarda Rossiyada sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlari koronavirusga va mavsumiy shamollash kasalliklari ko‘payishiga qarshi kurashish uchun sezilarli oshgan.

Bir kun avval Rossiya prezidenti BMT xodimlariga Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi bilan bepul va ixtiyoriy ravishda emlanishni taklif qilgandi.

Putin Rossiyada ishlab chiqilgan birinchi vaksina “Sputnik V”ning ro‘yxatdan o‘tkazilishini 11 avgustda e’lon qilgandi.
Ikkinchi vaksina “EpiVakKorona” deb nomlanib, u Rospotrebnadzorning “Vektor” davlat virusologiya va biotexnologiya ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Vaksina hozirda klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda va uni 15 oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovlari o‘tkaziladi 23 sen, 08:10
  • Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishi ma’lum qilindi 01 sen, 09:16
  • Putin koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan qizining ahvoli haqida ma’lumot berdi 28 avg, 11:25
  • Putin va Lukashenko Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi belaruslarda sinovdan o‘tkazilishiga kelishib olishdi 25 avg, 16:10
  • Rossiyaning koronavirusga qarshi birinchi vaksinasining eksport narxi ma’lum qilindi 13 avg, 16:35
  • Putin koronavirusga qarshi vaksina qiziga qanday ta’sir qilganini so‘zlab berdi 11 avg, 22:00
  • So'nggi yangiliklar
  • Qurilish vaziri sohadagi korrupsion sxema haqida gapirdi 16 yanv, 18:48 0
  • Futbolda so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi terma jamoa murabbiylari aniqlandi 16 yanv, 18:20 0
  • Kivi mavsumi: Ushbu meva immunitetga qanday ta’sir qiladi? 16 yanv, 17:43 10
  • Qarzdorning qidiruvdagi “LACETTI” rusumli avtotransport vositasi topildi 16 yanv, 17:17 116
  • Yangi qonun kuchga kirdi 16 yanv, 16:46 387
  • "Nasaf" darvozaboni "Neftchi"da! 16 yanv, 16:18 270
  • O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi 16 yanv, 15:57 303
  • Jasur Jaloliddinovning agenti: «Bunyodkor» sobiq direktori Jasurni qo‘yib yuborishni istamagandi 16 yanv, 15:27 211
  • Shavkat Mirziyoyev 17 yoshli talaba qizning taklifini qo‘llab-quvvatladi 16 yanv, 14:49 139
  • Qayroqqum suv omborida to‘g‘on yorilgani haqida mish-mish tarqatganlar qo‘lga olindi 16 yanv, 14:11 282
  • Ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkazishga yordam beradigan 9 tavsiya 16 yanv, 13:25 146
  • O‘z otasini oq qilgan o‘g‘il. U kim edi? 16 yanv, 12:43 576
  • Bo‘limlar