“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 06:30
ЎЗO‘Z

«Al-Hilol» musobaqadan chetlatildi. «Paxtakor» va Aziz G‘aniyev jamoasi pley-offga yo‘l oldi

23 sen, 23:52 3 072 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Al-Hilol» musobaqadan chetlatildi. «Paxtakor» va Aziz G‘aniyev jamoasi pley-offga yo‘l oldi Foto: «Paxtakor» FK
Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasining Chempionlar Ligasi 6-turi doirasida «Shabob al-Ahli»ga qarshi o‘yini bekor qilindi. Bu haqda OFK rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Bir qator futbolchilarida koronavirus aniqlangan «Al-Hilol» so‘nggi turga 11 nafar o‘yinga layoqatli futbolchi bilan yetib keldi. Reglament bo‘yicha qaydnomada kamida 13 futbolchi bo‘lishi (shulardan kamida bir nafari darvozabon) kerakligi belgilangandi.

Saudiyaliklar klubi uchrashuvni 9 o‘yinchi bo‘lib boshlashini va ikki nafar darvozabon zaxira o‘rindig‘idan joy olishini ma’lum qildi. Biroq uchrashuv komissari o‘yinni bekor qilgan.

Ma’lumot uchun, OFK ishlab chiqqan reglamentga ko‘ra, jamoalardan biri koronavirus sabab o‘yinda ishtirok eta olmasa, o‘sha jamoa musobaqadan chetlatiladi va uning barcha natijalari bekor qilinadi.

Shu tariqa «Al-Hilol»ning guruh bosqichidagi barcha natijalari bekor qilindi. «Paxtakor» guruhda birinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ikkinchi o‘rin «Shabob al-Ahli»ga nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, «Al-Hilol» pley-off masalasini hal qilib qo‘ygandi. Shota Arveladze shogirdlari 1/8 final bosqichda Eronning «Istiqlol» jamoasiga qarshi o‘ynaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 9
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 229
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 74
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 81
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 71
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 112
  • So'nggi yangiliklar
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 0
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 9
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 109
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 229
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 74
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 81
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 71
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 112
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 203
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 151
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 91
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 103
  • Bo‘limlar