“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 04:05
ЎЗO‘Z

Elektoromobillar ommalashmayotganiga sabab bo‘layotgan omillar sanab o‘tildi

23 sen, 23:45 3 046 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Elektoromobillar ommalashmayotganiga sabab bo‘layotgan omillar sanab o‘tildi Foto: Motor
Avtomobil moylarini ishlab chiqaruvchi Castrol kompaniyasi tadqiqot o‘tkazib, nima sababdan elektromobillar hozirgacha ommalashmaganini aniqladi. 10 mingga yaqin respondent o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, kompaniya bu boradagi beshta muhim omil ro‘yxatini tuzdi, deb xabar beradi Motor.

Accelerating The Evolution nomi ostidagi hisobot 9 mingta avtomobil egasi, 570 ta transport boshqaruvchisi va 30 ta avtomobil sohasi vakiliga asoslangan. Ularning fikricha, elektromobillarning ommalashishida birinchi nuqta — bu narx. Potensial xaridorlarning uchdan ikki qismi (63 foizi) bugungi kundagi narxlarni qimmat deb hisoblaydi, ular uchun ideal narxi — 36 ming dollar.

E’tiborga olish lozim bo‘lgan ikkinchi sabab — quvvatlantirish vaqti. Castrol so‘rovnomasida ishtirok etganlar 31 daqiqadan ortiq kutishni istamagan — tushlik vaqti aynan shunchani tashkil etadi. Bu ichki yonuv dvigatelida harakatlanuvchi mashina egalari odatda sarflaydigan vaqtdan ko‘proq: bu kabi to‘xtatishlar odatda 21 daqiqa davom etadi. Bir martalik quvvatlanish esa, respondentlar fikricha, 469 kilometrni tashkil etgani ideal hisoblanadi — hozirda bu kabi ko‘rsatkich bilan Tesla, Volkswagen, Rivian va Lucid maqtana oladi.

Elektromobillarning ommalashmayotganiga, shuningdek, quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ining rivojlanmagani sabab bo‘lmoqda. So‘rov ishtirokchilarining 70 foizi terminal uyida yoki yaqin atrofda bo‘lishini ma’qul ko‘rgan; 67 foiz respondent esa quvvatlantirish stansiyasi ishxonada bo‘lishini orzu qilsa, 62 foizi elektromobillar faqat qayta tiklanuvchi manbalarda harakatlanishini xohlagan. Va eng oxirgisi: xaridorlarning yarmidan ko‘pi o‘zlari yaxshi ko‘rgan model elektr uzatmada harakatlanadigan variantni taqdim etsa, elektromobilga o‘tishlarini bildirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 126
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 168
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 135
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 201
  • Ekspertlar: elektromobillar arzonlashib ketadi 03 apr, 08:16 536
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 64
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 127
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 47
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 52
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 55
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 90
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 168
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 135
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 84
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 85
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 169
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 473
  • Bo‘limlar