“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 06:01
ЎЗO‘Z

Yurak salomatligi uchun iste’mol qilishdan voz kechish tavsiya qilinadigan 5 mahsulot

22 sen, 16:56 4 140 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yurak salomatligi uchun iste’mol qilishdan voz kechish tavsiya qilinadigan 5 mahsulot Foto: «Domashniy Ochag»
Yurak salomatligida muammolar kuzatilishi turmush tarzi, nasl va albatta, iste’mol mahsulotlari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Zararli mahsulotlarning ratsiondan olib tashlanmasligi yurak qon-tomir bilan bog‘liq kasalliklar yuzaga kelishi hatto yurak xurujiga ham olib kelishi mumkin. Salomatligiga e’tiborli bo‘lgan, uzoq umr ko‘rishni istaydiganlarga quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari
Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari — sosiska, kolbasa va boshqalar salomatlik uchun zararli hisoblanadi. Onkologlar tomonidan kanserogen ekani ta’kidlangan mazkur mahsulotni endilikda kardeologlar tomonidan ham yurak salomatligi uchun ratsiondan qisqartirish tavsiya qilinadi. To‘yingan yog‘lar manbayi bo‘lgan bunday go‘sht mahsulotlariga yaroqlilik muddatini oshirish uchun ko‘p miqdorda natriy qo‘shiladi. To‘yingan yog‘ ham natriy ham yurak faoliyati uchun juda ham xavfli hisoblanadi.

Qizil go‘sht
Siz uchun ishtahali tuyulgan steyk qilib pishirilgan qizil go‘sht yurak va qon-tomirlar uchun zararli bo‘lgan tuz, xolesterin, to‘yingan yog‘larning koni bo‘ladi. Shu sababdan ham uni iste’mol qilishda me’yorga rioya qilish tavsiya qilinadi.

Kartoshkali chips va pop-korn
Ularning har ikkisi ham uy sharoitida tayyorlansa va tuz qo‘shilmasa, foydali bo‘lishi mumkin, lekin xarid qilingani emas. Shundoq ham har kuni tuz miqdori sezilarli darajada oshiriladi. Bu kabi tuzli mahsulotlarning iste’moli esa yurak va qon-tomirlar uchun yanada og‘ir bo‘lishi mumkin. Tuzli mahsulotlarni iste’mol qilishdan tiyiling va o‘zingiz tayyorlaganda ham tuz miqdorini sekin-asta kamaytirib borishga harakat qiling.

Parhezli ichimliklar
Gazlangan suv va sharbatlar yurak uchun xavfli sanaladi. Shakar yoki shakar o‘rnini bosuvchi qo‘shimchalar qo‘shilgan ichimliklarni muntazam iste’mol qilish, yurak faoliyatini ishdan chiqarishi, shuningdek, saratonga ham olib kelishi mumkin.

Tez tayyor bo‘ladigan «lapsha»
Tez tayyor bo‘ladigan makaronlarda kunlik me’yor hisoblangan tuzning teng yarmi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari barcha tez tayyor bo‘ladigan «lapsha»lar frityur metodi — yuqori haroratdagi ko‘p miqdordagi yog‘da qovurish orqali tayyorlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 184
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 103
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 215
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 338
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 169
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 291
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 0
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 187
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 90
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 39
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 159
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 161
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 223
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 91
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 265
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 320
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 397
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 176
  • Bo‘limlar