“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 07:59
ЎЗO‘Z

Taksi faoliyati uchun litsenziyani avtomatik olish tartibi joriy etiladi

20 sen, 21:01 1 440 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Taksi faoliyati uchun litsenziyani avtomatik olish tartibi joriy etiladi O‘zbekistonda taksi xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya saqlanib qolishi, ammo uni avtomatik tarzda olish imkoniyati yaratilishi mumkin. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, Kun.uz xabar bermoqda.

Kutilayotgan o‘zgarishga ko‘ra, taksi haydovchilari soliq organlari veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, litsenziyani avtomatik tarzda qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, haydovchilar o‘z-o‘zini mehnat bilan band qilgan shaxslar toifasiga kiritiladi.

«Ayni paytda turli versiyalar ustida ish olib borilyapti: haydovchilar mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi agregatorlarga ulanishi sharti bilan o‘z-o‘zini band qilgan shaxs sifatida tan olinishi mumkin. Negaki, mijozlar haydovchi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi, sodir etilishi mumkin bo‘lgan noxushliklarning oldini olish kerak. Bu holatda haydovchilar muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.

Bundan tashqari, soliq organlari veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, litsenziyani o‘sha zahoti avtomatik tarzda olishi mumkin bo‘ladi», — deydi hukumatdagi manba.

Ta’kidlanishicha, masalaning moliyaviy yechimlari bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelinmagan. Davlat soliq qo‘mitasi, transport hamda moliya vazirliklari bu borada hamkorlikda ish olib boryapti.

Shu oy boshida moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov taksichilarni ham o‘zini-o‘zi band qilganlar ro‘yxatiga qo‘shish bo‘yicha ishlanayotgani va bu bo‘yicha 1-2 oyda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 19 maydagi prezident selektorida taksichilar daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi ma’lum qilingan, ammo 9 iyunda e’lon qilingan tegishli qarorda taksichilar ko‘zda tutilmagandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda norasmiy faoliyat yuritib kelayotgan 500 dan ortiq shaxs o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tdi 13 iyul, 18:35
  • Adham Ikromov yo‘lovchi tashish litsenziyasini bekor qilishni taklif qildi 01 fev, 13:17
  • Taksi qilish uchun belgilangan rang bekor qilinishi mumkin 04 noya, 09:58
  • Haydovchi fotoradarga tushganda bayonnoma tuzishni bekor qilish taklif etilmoqda 22 okt, 10:48
  • Taksichilarning bayramoldi sovgʻasi: narxlar yana koʻtariladi 26 avg, 09:57
  • Jismoniy shaxslar o‘z avtomashinasida taksi qilishi mumkinmi? 22 mar, 09:44
  • So'nggi yangiliklar
  • Davron Fayziyev: Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun 06 мая, 04:22 208
  • Zidan: "Chelsi" munosib g‘alabaga erishdi. Biz shundoq ham ancha uzoqqa bordik, yigitlarim bilan faxrlanaman" 06 мая, 04:11 244
  • ECHL. "Chelsi"ga "Real"ning kuchi yetmadi — bizni inglizcha final kutmoqda 06 мая, 02:40 486
  • O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilinganidan so‘ng qariyb ikki baravar oshdi 06 мая, 00:16 1 184
  • Bojxonachilar qonunbuzarlikka chek qo‘yishdi 05 мая, 23:55 641
  • Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi qonunni qabul qildi 05 мая, 23:30 766
  • Bojxonachilar 550 mln. so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini to‘xtatib qolishdi 05 мая, 23:03 712
  • Haydovchilar uch xil hujjatni ko‘rsatish majburiyatidan ozod bo‘ladi 05 мая, 22:44 1 330
  • Qing‘ir reja amalga oshmadi 05 мая, 22:22 930
  • Soliq organlari xodimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga qabul qilishi tartibi bekor qilinadi 05 мая, 21:52 1 397
  • Fransiyada er ko‘chaning o‘rtasida xotinini tiriklayin yoqib yubordi 05 мая, 21:33 1 642
  • Baxtiyor Ashurmatov: "Afsuski, futbolda ko‘p murabbiylarga, muxlislarga yoki jurnalistlarga hozirgi kun yutug‘i kerak" 05 мая, 21:03 921
  • Bo‘limlar