“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 21:31
ЎЗO‘Z

“Al-Hilol”da koronavirus bilan bog‘liq yangi holatlar aniqlandi, jamoa OCHLdagi ishtirokini yakunlashi mumkin

20 sen, 09:05 1 360 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Al-Hilol”da koronavirus bilan bog‘liq yangi holatlar aniqlandi, jamoa OCHLdagi ishtirokini yakunlashi mumkin “Al-Hilol” OCHL 5-turi doirasida “Shahr Xodro”ga qarshi bugun o‘ynashi kerak. Biroq, saudiyaliklar topshirgan oxirgi test natijalariga ko‘ra, jamoada koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq yangi holatlar aniqlandi.

Aniqrog‘i, jamoaning 10 nafar a’zosi infeksiyani yuqtirib olgan. Ulardan uch nafari futbolchi, qolganlari esa klub rahbariyati vakillari. Shu sabab, “Al-Hilol” bo‘lajak bahsni qoldirishni so‘rab OFKga murojaat qildi. Biroq, musobaqa protokoliga ko‘ra, bu mumkin emas va saudiyaliklar musobaqani yo davom ettirishi yo bo‘lmasa o‘z ishtirokini muddatidan oldin yakunlashiga to‘g‘ri keladi.

Shu kabi holat “Al-Vahda” (BAA) bilan yuz bergan va ularning musobaqani qayd etgan natijalari nolga tenglashtirilgandi.

Bugun “Al-Hilol” tarkibiga yoshlar jamoasidan 2 o‘yinchi va 1 darvozabon kelishi kerak edi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, hozirda saudiyaliklar tarkibida 13 futbolchi sog‘lom hamda ularning 2 nafari zaxirada darvozaboni.

Agar “Al-Hilol” musobaqadagi ishtirokini yakunlaydigan bo‘lsa, u holda “B” guruhidagi holat quyidagicha bo‘ladi:

1. "Paxtakor" – 6 ochko
2. “Shabab Al-Ahli” – 6 ochko
3. “Shaxr Xodro” – 0

Unga ko‘ra, keyingi bosqichga “Paxtakor” 1-o‘rin bilan ikkinchi yo‘llanmaga esa “Shabab Al-Ahli” ega chiqadi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda “Al-Hilol”ning yetakchi futbolchisi Bafetimbi Gomisda COVID-19 aniqlangan. Avvalroq, Sebastyan Jovinko va Salim Al Davsarining tahlillari ham ijobiy natija bergani haqda xabar bergandik.

Eslatib o‘tamiz, “Shahr Xodro” - “Al-Hilol” bahsi Toshkent vaqti bilan bugun 20:00 ga belgilangan. Mazkur guruhdan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Shabab Al-Ahli" uchrashuvi esa 23:00 da boshlanadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • OCHL. «Paxtakor» «Al-Hilol» bilan durang o‘ynadi, Aziz G‘aniyev jamoasi yana g‘alaba qozondi 18 sen, 09:47
  • OCHL. "Al Hilol" ustozi Luchesku va vingeri Al Dovsari: "Bu o‘yinni yutish uchun diqqatni yo‘qotmasligimiz zarur" 17 sen, 19:30
  • "Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan "Al Hilol"ning 5 futbolchisida koronavirus aniqlandi 12 sen, 22:11
  • Osiyo Chempionlar Ligasi sentabrdan davom ettiriladi. «Paxtakor» 10 kun ichida 4 ta o‘yin o‘tkazadi 10 iyul, 00:30
  • OCHL 2-tur oldidan. G‘arb mintaqasi prevyusi 17 fev, 08:00
  • 8 yil o‘tib, chempionlik «Sharq» emas, «G‘arb»ga nasib etdi. «Al-Hilol» - OChL g‘olibi 24 noya, 18:23
  • So'nggi yangiliklar
  • JCH-2022. Milliy terma jamoamiz qaysi stadionda va soat nechchida o‘ynashi ma’lum 12 мая, 21:30 0
  • "Navbahor" o‘z maydonidagi ilk g‘alabani "Surxon" ustidan qo‘lga kiritdi 12 мая, 21:14 0
  • Yirik hisobda g‘alaba qozongan "Paxtakor" peshqadamlikni qo‘lga oldi 12 мая, 21:04 1
  • Muborak arafa kunlari ota farzandi uchun 7 oylik aliment pullarini to‘ladi 12 мая, 20:47 0
  • Hokimlikdan tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi 12 мая, 20:25 1
  • Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi 12 мая, 19:56 5
  • Karamning qanday foydali xususiyatlari bor? 12 мая, 19:18 42
  • Toshkentda singlisini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yollagan ayolga sud hukmi o‘qildi 12 мая, 18:36 107
  • Ronalduning agenti uning xizmatlarini APL klubiga taklif qilmoqda 12 мая, 18:00 120
  • «Sputnik V» qachondan oddiy aholiga qo‘llanilishi ma’lum qilindi 12 мая, 17:11 122
  • Neymar Messi bilan emas, Ronaldu bilan o‘ynashni orzu qilyapti 12 мая, 16:50 315
  • 1 sentabrga qadar tun-u kun ishlaydigan savdo-ko‘ngilochar ko‘chalar paydo bo‘ladi 12 мая, 16:16 298
  • Bo‘limlar