Xitoy Superligasidan keyingi o‘rinda turuvchi chempionatning 2-tur bellashuvlari yakunlandi. Tur doirasida Samvel Babayan boshchiligidagi “Chanchun Yatay” mehmonda “Xuakayer FK” bilan bahs olib borib, 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Aytish joiz, 38-daqiqadan boshlab mezbonlar bir kishi kam bo‘lib harakat qilishdi. Gu Szyunsze qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgan.
Mazkur muvaffaqiyatdan keyin Babayan shogirdlari “C” guruhida 6 ochko bilan peshqadam bo‘lib oldi. “Chanchun Yatay” keyingi turni 20 sentabr kuni “Nantong Jiun”ga qarshi o‘tkazadi.
“Xuakayer FK” – “Chanchun Yatay” 0:2 (0:1, 0:1) Gollar: Di Gao 9, Tan Long 82 Chetlatish: Gu Szyunsze 38