“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 11:01
ЎЗO‘Z

Jizzaxda KIA avtomobillarining eng yangi modellari ishlab chiqariladi

10 sen, 17:57 4 365 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda KIA avtomobillarining eng yangi modellari ishlab chiqariladi KIA K5.
Foto: KIA Motors

Jizzax erkin iqtisodiyot zonasidagi ADM-Jizzakh zavodida noyabr oyidan boshlab eng yangi modellardan bo‘lgan KIA Seltos va KIA K5 avtomobillarini yig‘ish boshlanadi. Bu haqda Roodell kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Zavod multibrend xususiyatiga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan — kelgusida u yerda jahonga mashhur boshqa bir qator brendlar avtomobillarini ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar hamkor dilerlik tarmoqlari orqali MDH davlatlariga eksport qilinadi.

KIA Seltos.
Foto: KIA Motors

«Mutlaqo yangi bo‘lgan xususiy avto ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi — O‘zbekiston bozori uchun shunchaki tijorat yangiligi emas, balki olib borilayotgan yangi islohotlar, ham investorlar, ham iste’molchilar uchun yangi sharoitlarning yaratilishi natijasidir. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, mamlakatda haqiqatan ham avtomobil tarixining yangi davri boshlanmoqda, u bira to‘lasi bir nechta global avtomobil brendlarining ishlab chiqarila boshlashi, ya’ni o‘zbek bozoriga kirib kelishi bilan bog‘liq.

Biz yangi investorlar uchun makon, butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va distributsiyalash bozorini shakllantirish, dilerlik va logistika markazlarini qurish uchun sharoit yaratmoqdamiz. Faoliyatimizning dastlatki yilida turli uchta mashhur avtobrendlarning avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz
», — deb ta’kidlagan Roodell bosh direktori Daniyar Davletiyarov.

Qayd etilishicha, ayni paytda Jizzax EIZda zavod qurilishining yakuniy bosqichi davom etmoqda va turli konfiguratsiyaga ega bo‘lgan avtomobillarni ishlab chikarish uchun mo‘ljallangan ikkita texnologik liniyasini o‘rnatish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Birinchi bosqichda zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 25 ming donani tashkil etadi. Ikkinchisida — 2022 yil yakuniga qadar payvandlash, kuzovni bo‘yoqlashva yig‘uv sexlari ishga tushirilganidan keyin ushbu ko‘rsatkich 100 mingtaga ko‘payadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 144
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 151
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 204
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 201
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 117
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 161
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 65
  • Bo‘limlar