“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 06:57
ЎЗO‘Z

Ilon Mask bir kun ichida 16,5 milliard dollar yo‘qotdi

09 sen, 11:33 1 176 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ilon Mask bir kun ichida 16,5 milliard dollar yo‘qotdi Foto: Steve Nesius / Reuters
Tesla kompaniyasi bosh direktori va SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask bir kun ichida 16,5 mlrd dollar yo‘qotdi va milliarderlar ro‘yxatida 8-o‘ringa tushib ketdi. Bundan Forbes Real-Time reytingi ma’lumotlari darak bermoqda.

8 sentabrda Tesla aksiyalari narxi keskin tushib ketdi. Aksiyalar 19,68 foizgacha qadrsizlanib ketgan va bir donasi narxi 336 dollargacha tushib ketgan. Bu kompaniyaning S&P 500 indeksiga kiritilmagani ortida yuz bergan. S&P Dow Jones Indices qo‘mitasi Tesla aksiyalarini hech qanday tushuntirishsiz indeksga qo‘shishdan bosh tortgan. Bunday qaror kompaniya indeksga tushish uchun barcha mezonlarni bajarganiga qaramay qabul qilingan.

Bundan tashqari, vaziyatga General Motors kompaniyasi Tesla’ning raqobatchisi – elektr yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Nikola startapining ustav kapitalida 2 mlrd dollar sotib olganini e’lon qilgani ta’sir ko‘rsatgan. Buning natijasda startap aksiyalari 34 foizga, General Motors’niki 8 foizga qimmatlagan.

Mask 4 sentabrda milliarderlar ro‘yxatida 5-o‘rinni egallayotgan edi. U yetakchi beshtalikda bir oydan ko‘proq vaqt qolgan. Endi Maskni Mukesh Ambani, Uorren Baffet, Mark Sukerberg, Bernar Arno, Bill Geyts va Jeff Bezos ortda qoldirmoqda. Ambanidan tashqari, 8 sentabrda sanab o‘tilgan biznesmenlardan barchasining kapitali qisqargan.

AQSH fond bozori qulashda davom etmoqda. Bunda ayniqsa texnologik kompaniyalar aksiyalari o‘z qiymatini eng ko‘p yo‘qotmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Tesla aksiyalari narxi 20 foizga tushib ketdi 09 sen, 07:30
  • Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida Uorren Baffettni ortda qoldirdi 12 iyul, 10:18
  • Ilon Maskning boyligi bir hafta ichida 5,2 milliard dollarga ko‘paydi 04 iyul, 08:10
  • Ilon Maskning boyligi bir haftada 2 mlrd dollarga ko‘paydi 26 yanv, 13:38
  • Ilon Mask bir haftada 2 mlrd dollarga boyidi 03 noya, 14:33
  • Ilon Mask General Motors zavodlarini sotib olmoqchi 09 dek, 08:26
  • So'nggi yangiliklar
  • "Paxtakor" futbolchisi OCHLda porlashi kutilayotgan iste’dodlar qatorida e’tirof etildi 15 apr, 00:00 672
  • Islom Karimovning nevarasi rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi (video) 14 apr, 23:35 2 668
  • Mirjalol Qosimov "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi 14 apr, 23:09 1 231
  • Piter Xyuistra: "Xatolardan xulosa chiqaramiz" 14 apr, 22:59 1 151
  • Bayden va Putin Ukraina bo‘yicha gaplashishdi 14 apr, 22:37 1 712
  • "Paxtakor" nohaq penalti tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi 14 apr, 22:09 1 928
  • “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o‘qishga taklif etadi 14 apr, 21:44 1 381
  • O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 14 apr, 21:12 367
  • Poytaxtimiz O‘zbekiston poytaxtiga o‘xshasin-da! 14 apr, 20:44 2 001
  • Yo‘lda qush fojiaga sabab bo‘ldi 14 apr, 20:18 1 590
  • Shifokorlar koronavirusda o‘lim xavfini uch baravar oshiradigan omilni aniqlashdi 14 apr, 19:50 1 885
  • Samarqandda ofitsiant xo‘randadan qasos oldi 14 apr, 19:23 2 239
  • Bo‘limlar