“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 06:32
ЎЗO‘Z

Bollivud monopolisti — Karan Johar «sindirmoqchi» bo‘lgan hind yulduzlari

08 sen, 18:43 4 264 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bollivud monopolisti — Karan Johar «sindirmoqchi» bo‘lgan hind yulduzlari Prodyuser, rejissyor Karan Johar nomi hind kinosevar muxlislariga yaxshi ma’lum. Esda qolarli filmlarni suratga oladigan, yangi iste’dodlarni kashf qiluvchi inson sifatida ta’rif berilishiga qaramay, u faoliyati davomida shaxsiy qarashlari yoki tanish-bilishchilik sabab kino olamida o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘lgan yosh aktyor va aktrisalarni yo‘liga g‘ov bo‘lgan.

Anushka Sharma

Foto: «Yandeks Dzen»
Mashhur bollivudlik jurnalist Radjiv Masandning tok-shousida Karan Johar, bugungi kunda hind kinosanoatida eng muvaffaqiyatli aktrisalardan biri hisoblangan Anushka Sharmaning karerasiga sabotaj qilmoqchi bo‘lganini ochiqchasiga tan olgan. Karan, 2008 yilda suratga olingan «Tangri yaratgan juftlik» filmidagi bosh qahramonni Anushka gavdalantirishiga qarshi bo‘lgan. Rejissyor Aditya Chopra aktrisa suratini ko‘rsatganida u bosh tortgan. Anushkaning tashqi ko‘rinishi yoqmagani sabab Adityaning qaroridan norozi bo‘lgan. Hatto filmni ikkilanib tomosha qilgan. Keyinroq aktrisa mashhurlikka erishganidan so‘ng esa o‘zining «Oshiq qalblar» filmiga taklif qilgan.

Ayushman Kxurana

Foto: «Yandeks Dzen»
Ayni vaqtda yosh tomoshabinlar uchun sevimli va ijrosidagi filmlar xit bo‘lgan Ayushman, o‘z mehnati bilan kino olamida o‘rnini topgan iste’dod egalaridan hisoblanadi. Aktyor haqidagi kitobda yozilishicha, bir vaqtlar u ham Karandan ish so‘ragan, bunga javoban Johar prodyuserlik uyining telefon raqamini bergan. Aktyor telefon qilganida esa javoban, ochiqchasiga kompaniya faqat yulduzlar bilan ishlashi va Ayushman ularga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilingan.

Priyanka Chopra

Foto: «Yandeks Dzen»
Nafaqat Bollivud, balki Gollivudda ham suratga tushishga muvaffaq bo‘​lgan Priyanka eng talabgir aktrisalardan sanaladi. Ammo u ham bir vaqtlar Karan tomonidan chetga surilgan. «Don» filmining ikkinchi qismi loyihasi ustida ishlanayotgan bir vaqtda Shoxruh Xon va Priyanka o‘rtasidagi munosabatlar haqida mish-mish tarqalgan. Bollivud qirolining rafiqasi Gauri, kinosanoatdagi do‘stlari, xususan, Karanni ishga solib, Chopra xonimni Bollivuddan siqib chiqarmoqchi bo‘lgan. Ushbu urinish samarasiz, ammo Priyanka uchun ijobiy bo‘lgan. Gollivudda o‘zini sinab ko‘rinishga qaror qilgan aktrisa Amerikada turmush o‘rtog‘i Nik Jonas bilan tanishgan.

Sushant Singx Radjput

Foto: «Yandeks Dzen»
Marhum Sushant ham kinosanoatda o‘rnini topishi oson bo‘lmagan. Qolaversa u ham ijodining boshida Karan Joharning to‘sqinligiga uchragan. U bir vaqtlar Karan bilan tortishib qolgan va shundan keyin bir qancha yirik prodyuserlar u bilan ishlashdan bosh tortgan. Bir qancha loyihalardan quruq qolgani aktyorning o‘z joniga qasd qilganining sabablaridan biri bo‘lsa ajab emas.

Kangana Ranaut

Foto: «Yandeks Dzen»
Kangana cho‘rtkesar, laganbardorlik qila olmaydigan, to‘g‘riso‘z ijodkor sifatida yaxshi ma’lum. U Karan Joharni tanish-bilishchilikda ochiqchasiga ayblagan, Karan bunga javoban aktrisaning imijiga putur yetishi uchun qo‘lidan keladigan hamma narsani qilgan. Filmlaridan bironta ham rol bermagani uchun Kangananing achchiqlanayotganini ma’lum qilgan. Ranaut uch karra milliy kinomukofotni qo‘lga kiritgan va hozirda rejissyor va prodyuser sifatida ham faoliyat olib boradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 45
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 577
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 345
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 480
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 126
  • So'nggi yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 65
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 27
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 155
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Bo‘limlar