“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 01:34
ЎЗO‘Z

Javob bo‘yalmagan yoki barcha kataklar bo‘yalgan savolga nega ball berilgan?

06 sen, 17:30 1 348 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Javob bo‘yalmagan yoki barcha kataklar bo‘yalgan savolga nega ball berilgan? Davlat test markazi internetda tarqalayotgan ayrim javoblar varaqalarida bo‘yalmagan yoki barcha javoblar bo‘yalgan bo‘lsa-da, ball berilgan holatlarga izoh berdi.

«Ushbu holatda hech qanday qonun buzilishi aniqlanmadi. Bunda abituriyent tomonidan rasmda ko‘rinib turgan savollarga nisbatan e’tiroz bildirilgan va unga mos doiracha bo‘yalmasdan qoldirilgan. E’tirozni o‘rganish natijasida abituriyentning e’tirozi asosli topilib, unga ball berilgan.

Ta’kidlash kerakki, shundan so‘ng e’tirozli deb topilgan shu savol qaysi test topshiriqlari kitoblarida tushgan bo‘lsa, barchasiga ball berilgan. Tegishli doiracha bo‘yalmagan yoki o‘sha savolning barcha doirachalari bo‘yalgan bo‘lsa ham
», – deyiladi DTM izohida.

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bu holatga o‘z munosabatini bildirdi.
«Soddaroq tilda tushuntiradigan bo‘lsam, DTMning savollar kitobidagi o‘sha savolda nuqson bo‘lgan. Misol uchun, savol berilgan-u, lekin texnik xatolik sabab javoblar chop etilmay qolgan bo‘lishi mumkin. Yoki savolning yarmi bor-u, yarmi yo‘q, yoxud savol boshqa, unga berilgan variantlar umuman boshqa.

Xullas, savollar mana shunaqa texnik xatolik bilan chop etilgan bo‘lsa, qaysidir abituriyent shikoyat qilgan. Nazoratchilar tekshirib ko‘rib, haqiqatdan savol-javobda texnik xatolik borligi haqida dalolatnoma tuzishgan.

Keyinchalik DTM ham qayta tekshirib, haqiqatdan texnik xatoligi bo‘lgani uchun o‘sha savolga ball bergan. Bu ijtimoiy adolat jihatdan to‘g‘ri qaror, sababi DTM xatosi uchun abituriyent javob bermasligi kerak.

Va eng qizig‘i, xuddi o‘sha savol qaysi abituriyentlarga tushgan bo‘lsa, o‘shalarning barchasiga ball berilgan. Hammasini bo‘yagan bo‘lsa ham, ochiq qoldirgan bo‘lsa ham, qaysidir bitta variantni belgilagan bo‘lsa ham, farqi yo‘q, o‘sha xato savolga hammaga ball berilgan.

Hurmatli abituriyentlar. Javobni bo‘sh qoldirsa yoki hamma variantni belgilasa, ball berilar ekan, degan maslahatlarga ishonib yurmang. Bunaqa emasligini internetda tarqagan rasmlardan ham ko‘rsa bo‘ladi. 60ta bo‘sh qoldirilgan katakdan faqat bittasiga, texnik nuqsoni bor savolgagina ball berilgan. Shuning uchun bunaqa qing‘ir usullarga emas, o‘z bilimingizga ishoning
», – deb yozadi bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Test natijalari bo‘yicha appelyatsiya berish tartibi qanday? 17 avg, 10:14
  • Test savolining noto‘g‘riligi isbotlansa, ball faqat da’vogar abituriyentga qo‘shiladimi? 25 iyul, 20:54
  • Bu yilgi test sinovlari qanday o‘tkaziladi? 31 iyul, 11:25
  • Abiturientlarning huquq va majburiyatlari 31 iyul, 14:35
  • Talaba bo‘lishni istagan abiturientlarga etti maslahat 28 iyul, 17:34
  • DTM abiturientlarga test sinovlarni o‘tkazish tartib-qoidalari haqida eslatma berdi 29 iyul, 17:25
  • So'nggi yangiliklar
  • Koronavirusning «teri» belgilari ma’lum qilindi 24 yanv, 00:20 0
  • AQSH Senatida Trampning impichmenti jarayoni 8 fevral kuni boshlanadi 23 yanv, 23:51 12
  • Aziz G‘aniyev jamoasi Otabek Shukurovning «Sharja»sini mag‘lub etib, BAA Superkubogiga ega chiqdi 23 yanv, 23:20 55
  • Nurgul Yashilchoy shu vaqtgacha og‘iz ochmagan oilasidagi fojiali voqea haqida so‘zlab berdi 23 yanv, 22:53 200
  • Jo Baydenning dastxati nimadan dalolat beradi? 23 yanv, 22:06 144
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi 23 yanv, 21:30 435
  • Yangi-Angren IESdagi portlagan sexning rahbari o‘zini osib qo‘ydi 23 yanv, 21:00 450
  • «Men ham uzoq qishloqdan chiqqan odamman...» – Shavkat Mirziyoyev 23 yanv, 20:34 583
  • Navoiyda “Ayollar daftari” xotin-qizlar bilan sayyor qabul o‘tkazilib, muammolari tinglandi 23 yanv, 20:08 126
  • Luvr muzeyi yaqinidan kattaligi odamdek keladigan laqqa baliq tutildi 23 yanv, 19:36 338
  • Ozodbek Nazarbekov bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yish taklifi bilan chiqdi 23 yanv, 19:15 165
  • 2 yil aliment to‘lamagan ota qamoqqa tushdi 23 yanv, 18:49 217
  • Bo‘limlar