“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 05:30
ЎЗO‘Z

Sutkasiga 8 soatdan kam uxlash ortiqcha vazn to‘plashga sabab bo‘ladi

01 sen, 18:06 2 905 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sutkasiga 8 soatdan kam uxlash ortiqcha vazn to‘plashga sabab bo‘ladi Foto: Getty Images
Surunkali uyqusizlik organizmda turli jarayonlarning ishdan chiqishiga olib kelish sir emas. Kayfiyat yomonlashishi, teri, xususan, yuz rangi o‘zgarishi, ishga bo‘lgan layoqat yomonlashishidan tashqari uyqusizlik vazn to‘plashga ham sababchi bo‘lishi mumkin.

Sababi nimada?
So‘nggi tadqiqotlarda aniqlanishicha, uyqusizlik organizmning gormonal faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi. Gap shundaki uyqu yetishmasligi sabab uyqu gormoni grelin me’yoridan uch baravar ortiq ajralib chiqadi va buning oqibatida odam doimgidan ko‘proq ochlik his qila boshlaydi. Statistika ma’lumotiga ko‘ra, inson tunni uyqusiz o‘tkazsa, o‘rtacha 385 kkal ko‘proq ovqatlanadi. Bir qarashda ushbu raqam uncha katta emasdek tuyilishi mumkin, lekin surunkali uyqusizlik oqibatida har ortiqcha kaloriya yig‘ilib vazn to‘planishiga olib keladi.

Yana bir sabab jismoniy faollikning kamaygani bilan namoyon bo‘ladi. Agar siz atigi ikki soatgina uxlagan bo‘lsangiz, unda mashqlardan oldin bir necha finjon qahva ichish, mashqlarni barini bajarish ham sizni tetiklashtira olmaydi. Uyqusizlik oqibatida maishiy faollik ham susayadi buni oddiy harakatlanish, yurish, zinalardan tushib-chiqish davomida ham sezish mumkin bo‘ladi.

Nima qilish kerak?
Eng oddiy va oson yechim — to‘yib uxlang. Rejimingizni nazorat qiling, lekin ish yoki o‘qishingiz sabab kechasi bilan ishlashga majbur bo‘lsangiz iste’mol mahsulotlaringiz va ratsioningizga ehtiyot bo‘ling.

Yuqorida ta’kidlanganidek, uyqusizlik sabab ochlik gormoni grelin ko‘p ajralib, nimadir yeyish kerak degan fikr hayoldan ketmaydi. Bu esa kartoshka chips, shokolad bo‘lagi, tort yoki gamburgerni beixtiyor iste’mol qilishga olib keladi. Siz tunda yetarlicha uxlay olmagan bo‘lsangiz, ertangi kungi ratsioningizdan donli mahsulotlar, sekin hazm bo‘ladigan uglevodlar, o‘simlik oqsili, to‘yinmagan yog‘ manbayi bo‘lgan go‘sht, tuxum va soya mahsulotlari o‘rin olishi kerak. Mazkur mahsulotlar ochlik hissini qondirib, bir finjon qahva beradigandan kam bo‘lmagan energiya bilan ta’minlaydi va keraksiz kilolar to‘planishini oldini oladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 101
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 264
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 174
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 247
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 390
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 178
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar