“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 19:51
ЎЗO‘Z

Nafas yetishmovchiligi qanday kasallikning belgisi?

30 avg, 12:35 2 859 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nafas yetishmovchiligi qanday kasallikning belgisi? Foto: «Domashniy ochag»
Nafas yetishmovchiligi doimo ogohlantiruvchi belgi hisoblanadi. Agar turli mashqlardan keyin nafas siqilishi kuzatilsa, unda jismoniy harakat organizmda qiyinchilik tug‘dirgan bo‘ladi. Bordi-yu, hech qanday harakatsiz nafas qisishi ro‘y bersa, darhol shifokorga ko‘rinish tavsiya etiladi.

Nafas yetishmovchiligi pnevmoniya (harorat ko‘tarilmaydigani) yurak xastaligi, o‘smalar, shuningdek, xavfli o‘smalar, o‘pka gipertenziyasi va barcha yurakni to‘xtatishga olib keladigan kasallik belgilari bo‘lishi mumkin.

O‘pka arterial gipertenziyasi nima?
O‘pka arterial gipertenziyasi juda keng tarqalgan kasallik turiga kirmaydi, milliontadan 10-15 kishiga to‘g‘ri keladi. Lekin u har qanday yoshda boshlanishi mumkin. Ko‘pincha 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan ayollarga ta’sir qilishi kuzatiladi. Ularning ko‘pchiligi bu kasalikka birinchi marta homiladorlik vaqtida uchraydi. O‘pka gipertenziyasida yurakdan o‘pkaga olib boruvchi tomirlarda qon bosimi juda tez va keskin darajada ko‘tariladi. Shu sababli yurak kuchaygan zo‘riqish bilan ishlaydi va vaqtida choralar ko‘rilmasa, yurak to‘xtab qolishi ham mumkin.

Bu xavflimi?
Juda ham. Agar kasallik o‘z vaqtida aniqlanmasa va davolash ishlari boshlanmasa, odamning yuragi istalgan vaqtda to‘xtab qolishi ham mumkin. Bunday holat yuzaga kelmaganda ham, yurakning faqat o‘ng tomoni zo‘riqishi tufayli yurak mushagi tomirlari va to‘qimalari ishdan chiqadi va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari xavfi ortadi.

Yana qanday alomatlarga e’tiborli bo‘lish kerak?
Nafas siqlishi asosiy, ammo o‘pka gipertenziyadagi rivojlanishiga hamroh bo‘ladigan yagona alomat emas. Masalan, charchoqning kuchayishi, agar to‘satdan bo‘lsa, shuningdek, kelib chiqishi noma’lum yo‘tal, tez va davriy puls, tez-tez bosh aylanishi va hushdan ketish kabi alomatlar ham kasallikdan ogohlantirayotgan bo‘lishi mumkin.

Kasallikdan gumon qilinganda nima qilish kerak?
Eng avvalo, umumiy-amaliyot shifokori bilan uchrashish va qabulda barcha alomatlar haqida to‘liq ma’lumot berish kerak. Shifokor rentgen natijalarini olishi zarur. Shuningdek, yurakning harakatlanuvchi tasvirini olish va uning o‘ng tomonini tekshirish uchun exokardiogrammaga murojaat qilish mumkin. Oxirgi tekshiruv o‘pka tomirlaridagi qon bosimini o‘lchash va va tashxisni tasdiqlash imkoniyatini beradi.

Kasallikning davosi bormi?
Afsuski, o‘pka arterial gipertenziyasini butunlay davolash mumkin emas, u paydo bo‘ldimi, bas, kasallik abadiy qoladi. Ammo zamonaviy dorilar qon tomirlarining tiqilib qolishi va bosimning oshishiga olib keladigan jarayonlarni kamaytiradi. Hattoki butunlay to‘xtatishi ham mumkin.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Koronavirusga chalinganlar uchun qay biri muhim:: jismoniy faollikmi yo ko‘proq dam olish? 26 iyul, 12:48
  • Har kuni piyoda yurilsa inson organizmida qanday o‘zgarish kuzatiladi? 29 iyun, 19:03
  • Koronavirusga chalingan odam organizmida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi? 07 apr, 00:07
  • Aritmiya: alomatlar, sabablar va davolash usullari 02 yanv, 15:44
  • Diqqat!!! E'tibordan chetda qoldirishingiz kerak bo'lmagan saratonning 8 alomati 18 okt, 23:20
  • Sog‘lom va chekuvchi odamlarning o‘pkalari namoyish qilindi (video) 14 мая, 23:24
  • So'nggi yangiliklar
  • Qurilish vaziri sohadagi korrupsion sxema haqida gapirdi 16 yanv, 18:48 0
  • Futbolda so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi terma jamoa murabbiylari aniqlandi 16 yanv, 18:20 0
  • Kivi mavsumi: Ushbu meva immunitetga qanday ta’sir qiladi? 16 yanv, 17:43 10
  • Qarzdorning qidiruvdagi “LACETTI” rusumli avtotransport vositasi topildi 16 yanv, 17:17 116
  • Yangi qonun kuchga kirdi 16 yanv, 16:46 387
  • "Nasaf" darvozaboni "Neftchi"da! 16 yanv, 16:18 270
  • O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi 16 yanv, 15:57 303
  • Jasur Jaloliddinovning agenti: «Bunyodkor» sobiq direktori Jasurni qo‘yib yuborishni istamagandi 16 yanv, 15:27 211
  • Shavkat Mirziyoyev 17 yoshli talaba qizning taklifini qo‘llab-quvvatladi 16 yanv, 14:49 139
  • Qayroqqum suv omborida to‘g‘on yorilgani haqida mish-mish tarqatganlar qo‘lga olindi 16 yanv, 14:11 282
  • Ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkazishga yordam beradigan 9 tavsiya 16 yanv, 13:25 146
  • O‘z otasini oq qilgan o‘g‘il. U kim edi? 16 yanv, 12:43 576
  • Bo‘limlar