“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 07:31
ЎЗO‘Z

«Forsaj»ning hali ekran yuzini ko‘rmagan qismida suratga tushgan Ford Mustang Mach 1 sotuvga qo‘yildi

29 avg, 12:24 1 793 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Forsaj»ning hali ekran yuzini ko‘rmagan qismida suratga tushgan Ford Mustang Mach 1 sotuvga qo‘yildi Foto: eBay
eBay onlayn maydonchasida «yangi avtomobil holatiga qadar» restavratsiya qilingan 1971 yilgi Ford Mustang Mach 1 sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. E’lon muallifining ta’kidlashicha, mazkur nusxa «Xobbs va Shou» hamda hali ekranlarga chiqmagan «Forsaj-9» filmlarida suratga tushgan. Mashina 75 ming dollarga baholanmoqda, biroq savdolar hozircha yakunlangani yo‘q va uning narxi ko‘tarilishi mumkin, deb xabar beradi Motor.

E’londan bilish mumkinki, Ford Mustang Mach 1 yaqinda restavratsiyadan chiqqan (ta’mirdan buyon 2,5 ming kilometr yo‘l bosgan). Ta’kidlash kerakki, mashinani qayta tiklashda faqat original detallardan foydalanilgan. Maslkar uchun Drag Pack paketi taklif etilgan, avtomobilni 335 ot kuchiga ega 7,0 litrli Cobra Jet dvigateli harakatga keltiradi.

Foto: eBay
Mashina kuzovi tillarang Light Pewter bilan bo‘yalgan, yon qismida qora chiziqlar mavjud, saloni esa qora va qizil rangli charm bilan qoplangan.

Gollivud blokbasterlariga keladigan bo‘lsak, suratga olish maydonchasida Ford Mustang Mach 1 statik rol ijro etgan, ya’ni tryuklar va avtomobil poygalarida qatnashmagan. Savdolar yakunlanishiga bir sutkadan ko‘proq vaqt qoldi.

Foto: eBay

Foto: eBay
Avvalroq «Forsaj»ning marhum yulduziga tegishli BMW yangi M8 Competition narxida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Ford Matiz’dan ham kamroq benzin «yeydigan» Focus modellari savdosini boshladi 26 iyun, 08:12
  • Dunyodagi eng mitti mashina 150 ming yevroga baholandi 11 iyun, 15:12
  • Olti g‘ildirakli Brabus ikkita Rolls-Royce narxida sotuvga qo‘yildi (foto) 25 apr, 18:24
  • Saloni oq timsoh terisi bilan qoplangan «Volga» sotuvga qo‘yildi 21 apr, 15:34
  • Ford afsonaviy Mustangʻning elektr versiyasini chiqaradi (foto) 08 sen, 10:27
  • Amerikaning eng buyuk avtomobillari (Fotogalereya) 17 iyul, 13:15
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Jaloliddinovga Turkiya va Shveysariya klublari qiziqyapti 13 iyun, 00:05 595
  • Nukusda festivaldan so‘ng ommaviy janjal yuzaga keldi 12 iyun, 23:30 640
  • Buxoroda OIV infeksiyasini boshqa bir erkakka yuqtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 12 iyun, 23:00 597
  • Yelizaveta II: Bugun Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshini nishonladi (foto) 12 iyun, 22:26 239
  • Isroil razvedkasining sobiq rahbari «yopig‘liq qozon»ni ochdi 12 iyun, 22:20 899
  • Koronavirusning asosiy simptomlari o‘zgardi 12 iyun, 20:50 715
  • Bitta hujumchi bilan o‘ynash muammosi 12 iyun, 20:10 445
  • Uyali telefon zararidan himoyalanishda yordam beradigan 4 qoida 12 iyun, 19:36 608
  • Kim Chen In Putinni «Rossiya kuni» bilan tabrikladi 12 iyun, 19:00 568
  • Hisob-kitob: O‘zbekistonning Saudiyaga qarshi o‘yinda qayd etishi kerak bo‘lgan natijasi haqida 12 iyun, 18:23 715
  • «Rossiya kuni» munosabati bilan korpusiga soat va gerb tushirilgan iPhone 12 paydo bo‘ldi 12 iyun, 18:04 252
  • Foto: TIV matbuot xizmati 11 iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu in 12 iyun, 17:20 268
  • Bo‘limlar