“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 19:22
ЎЗO‘Z

UzAuto Motors avtomobillar narxini pasaytirish imkonsiz ekanligini ma’lum qildi

20 avg, 23:39 3 840 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzAuto Motors avtomobillar narxini pasaytirish imkonsiz ekanligini ma’lum qildi 2020 yil 19 avgust kuni Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasida UzAuto Motors'ga nisbatan «Raqobat to‘g‘risi»dagi Qonun buzilishi belgilariga nisbatan ochilgan ish bo‘yicha navbatdagi tinglov o‘tkazildi.

UzAuto Motors xabarida aytilishicha, bahsli masalalarni asoslash uchun zarur qo‘shimcha materiallarni tayyorlashga muddat qisqa ekanligi tufayli kompaniya tomonidan ish ko‘rib chiqilishi keyinroqqa qoldirilishini so‘rab iltimosnoma yo‘llangan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ish bir taraflama ko‘rib chiqildi, uning yakunida noto‘liq ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilindi, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, avtomobillarni ishlab chiqarish murakkab jarayon bo‘lib, uni o‘rganish yetarlicha vaqt talab etadi.
UzAuto Motors faoliyatini yanada chuqurroq va asosliroq o‘rganish kelgusi sud muhokamalari davomida mumkin bo‘ladi – kompaniya o‘zining ushbu huquqidan foydalanishni rejalashtirgan.

Shuni ham qayd etish o‘rinliki, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanmaydi – keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib chiqib belgilanadi.

O‘z navbatida, kompaniya avtomobillar narx asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini ma’lum qiladi
”, - deyiladi bayonotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 127
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 134
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 177
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 136
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 201
  • So'nggi yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 0
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 1
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 0
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 2
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 58
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Bo‘limlar