“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:49
ЎЗO‘Z

Sug‘urtasiz avtomobillarni jarima maydoniga qo‘yishni bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi

18 avg, 13:10 2 973 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sug‘urtasiz avtomobillarni jarima maydoniga qo‘yishni bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi Foto: «Daryo»
Deputatlar avtotransport vositasini sug‘urta yo‘qligi uchun jarima maydoniga qo‘ymaslik to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Deputat Rasul Kusherbayev bu haqda o‘zining Telegram kanalida ma’lum qilgan.

Hujjat loyihasida transport vositalari egalarining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilmaganligi (yoki DYHXX xodimi hujjatni talab qilgan vaqtida yonida bo‘lmaganligi) uchun transport vositasini jarima maydonida majburiy ushlab turish amaliyotini bekor qilish nazarda tutilmoqda.

- "Yaqinda «Mening fikrim» veb-portalida avtotransport vositasining sug‘urtasi yo‘qligi yoki texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi tufayli jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish haqidagi taklif 10 mingdan ziyod ovoz olgan edi.

Ushbu taklif nizomga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan uni amalga oshirish maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.

O‘rganishlar davomida xorijiy davlatlar, xususan, Germaniya, Angliya, Rossiya, Belarus, AQSHning bir qator shtatlarida fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polislari bo‘lmasa, ma’muriy jarimalar belgilanishi, biroq transport vositasini ushlab turish amaliyoti yo‘qligini ko‘rsatgan.

Qonun loyihasi tez orada Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi
", - deydi Rasul Kusherbayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 51
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 109
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar