“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 14:37
ЎЗO‘Z

Abdulla Aripov So‘xga bordi. Tumanga aviaqatnovlar uchun Humo Air samolyoti jalb qilinadi

12 avg, 22:45 2 482 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abdulla Aripov So‘xga bordi. Tumanga aviaqatnovlar uchun Humo Air samolyoti jalb qilinadi Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.
Bugun 12 avgust kuni, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov So‘x tumaniga tashrif buyurdi.
Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, undan asosiy maqsad prezidentning joriy yil 8 avgust kuni “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilgan qarorida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishdan iborat.

Mazkur qaror asosida qabul qilingan dasturga 146 ta loyiha kiritilgan bo‘lib, 639 milliard so‘m mablag‘ sarf etiladi.
Jumladan, So‘x tumanida samolyot va vertolyotlarga uchish-qo‘nish maydonchasi tashkil etilmoqda.

Farg‘ona viloyati So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida rejalashtirilgan barcha chora-tadbirlar o‘z muddatida sifatli amalga oshiriladi. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov tuman faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Xususan, davlat rahbarining qaroriga ko‘ra, Farg‘ona viloyati hokimligiga bir oy muddatda So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Ayni kunlarda bu borada amaliy ishlar boshlandi. Xususan, So‘x tumani “Novobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kichik aeroport tashkil etilmoqda. Mazkur maydon salkam 10 gektar maydonni egallaydi. Bu yerdan ilgari mahalliy aholi aeroport sifatida foydalangan. Shuningdek, “Farg‘ona” xalqaro aeroportida ham mazkur yo‘nalishda aniq tadbirlar ishlab chiqildi.

Aviaqatnovlarga O‘zbekistondagi Humo Air aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda O‘zbekiston havo yo‘llarining Uzbekistan Helicopters mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.

An-2 samolyoti 12 ta yo‘lovchi sig‘imiga, MI-8 vertolyoti esa 16 nafardan 20 nafargacha odam olish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Yo‘lovchilar 35-40 daqiqada Farg‘onadan So‘xga yoki So‘xdan Farg‘onaga yetib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Parvozlarni hozircha kuniga 2 tadan amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Kelgusida talabga qarab aviaqatnovlar ko‘payishi mumkin.

Transport vazirligi aviaqatnovlarning chipta narxlari yo‘lovchilar uchun maqbul narxlarda bo‘lishi bo‘yicha tegishli tadbirlarni ishlab chiqmoqda. Qarorda Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovi bo‘yicha ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun kompensatsiya to‘lovlarini joriy yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan qoplanishini va kelgusi yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlash belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 54
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 542
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 508
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 54
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 152
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 59
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 107
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 55
  • Bo‘limlar