“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2020, 09:10
ЎЗO‘Z

OTMlarda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi

06 avg, 23:54 1 064 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OTMlarda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi 1-kurs talabalari uchun darslarni oktabrdan boshlash rejalashtirilgan.
Sentabr oyidan boshlab yuqori bosqich (ikkinchi bosqichdan boshlab) talabalari uchun o‘qish onlayn tarzda boshlanadi. Bu haqda Respublika oliy ta’lim kengashi raisi O‘ktam Umurzoqovga asoslanib, O‘zA xabar tarqatdi.

"Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalasi ham juda murakkab bo‘lib turibdi. Mart oyidan buyon biz onlayn tizimida darslarni o‘tkazyapmiz, lekin xohlaymizmi-xohlamaymizmi, onlayn tizimi odatiy, yuzma-yuz dars o‘tish tizimining o‘rnini bosa olmaydi.

Hozircha sentabr oyidan boshlab 2, 3 va 4-kurs talabalariga o‘qishni onlayn tarzda boshlaymiz, oktabr oyida 1-kurslarni ham qabul qilib olganimizdan keyin pandemiya sal yumshasa, unda balki an’anaviy tizimga yana qaytarmiz
", – dedi O‘ktam Umurzoqov.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarga kirish imtihonlari qachondan boshlanishi hozircha noma’lum. 6 avgust kuni prezident huzuridagi yig‘ilishda mas’ul vazirlik va idoralarga yuqori kurs talabalari yangi o‘quv yilini sentabrdan masofaviy shaklda boshlashlari uchun tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Shuningdek, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida imtihonlar ochiq stadionlarda, kuniga ikki smenadan tashkil etiladi. Testlarni 12-14 kunda yakunlash mo‘ljallanmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Kirish imtihonlari ikki smenada, test stadionlarda o‘tkaziladi 06 avg, 21:33
  • Maktablarda o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3ta variant mavjud (video) 05 avg, 22:43
  • Yangi o‘quv yili onlayn shaklda boshlanadi 26 iyul, 09:53
  • OTMlarda 1-kurs talabalari o‘qishni oktabrda boshlashi mumkin 09 iyul, 23:30
  • Maktablarda o‘quv yili onlayn tarzda yakunlanishi ma’lum qilindi 21 apr, 16:43
  • O‘zbekistonda ilk bor uyda o‘qib ham oliy ma’lumot olish mumkin 23 мая, 20:32
  • So'nggi yangiliklar
  • Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan Matiz olib chiqildi. Haydovchi mashinadan tushib qolgan 24 sen, 08:50 1
  • Xorijdan qaytib kelgan rossiyaliklar majburiy izolyatsiyada bo‘lishi joriy etilmoqda 24 sen, 08:18 1
  • Sanjar Valiyev: iqlim o‘zgarishi 30 yil ichida jahon iqtisodiyotiga 8 trln dollarga tushadi 24 sen, 07:37 76
  • Putin Rossiyaning koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinasi tez orada ro‘yxatdan o‘tkazilishini ma’lum qildi 24 sen, 07:00 155
  • "Paxtakor" kichik "missiya"ni bajardi. Eronning "Shahr Xodro" klubi taslim etildi 24 sen, 00:59 605
  • Kasal bo‘lmaslik uchun amal qilish tavsiya qilinadigan 13 maslahat 24 sen, 00:10 483
  • «Al-Hilol» musobaqadan chetlatildi. «Paxtakor» va Aziz G‘aniyev jamoasi pley-offga yo‘l oldi 23 sen, 23:52 668
  • Elektoromobillar ommalashmayotganiga sabab bo‘layotgan omillar sanab o‘tildi 23 sen, 23:45 470
  • Pirlo Ronaldu yordamidan foydalanmasligini e’lon qildi 23 sen, 22:50 769
  • Saudiya Arabistoni oktabrdan umra safariga ruxsat berdi 23 sen, 22:25 355
  • Senat raisi: «Qonunlarimizda korrupsiogen holatlar mavjud» 23 sen, 21:48 334
  • Hamyonbop Xiaomi Mi 10T flagmani 30 sentabr kuni taqdim etiladi 23 sen, 21:28 311
  • Bo‘limlar