“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 02:20
ЎЗO‘Z

Prezident OTMga qabulni tashkil qilish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

06 avg, 23:43 2 211 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident OTMga qabulni tashkil qilish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020/2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

«So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar natijasida yoshlar va ularning ota-onalarida o‘qishga ishonch ortdi. Hujjat topshirish to‘liq masofaviy shaklda amalga oshirilgani aholiga katta qulaylik yaratmoqda.

Joriy yilda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga (OTM) bakalavriat bosqichiga 162 364, magistraturaga 10 425 o‘rin ajratilgan.
Bu yil 91ta OTMga bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 1 million 484 ming nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 39 foiz ko‘p. Bitta o‘ringa 10,6ta talabgor to‘g‘ri kelmoqda.

Magistratura yo‘nalishida 72ta ta’lim dargohiga 78 ming 720 nafar yoki o‘tgan yilgiga nisbatan 3 barobar ko‘p hujjat topshirilgan. Umuman, qabul kvotalari 2016 yilgiga nisbatan 3 marta ortgan.

Bugungi kunda o‘qishga qabul qilish testlari qachon, qayerda va qanday tartibda o‘tkazilishi hamda 2020/2021 o‘quv yilida ta’lim jarayoni qanday tashkil etilishi barchani o‘ylantirmoqda. Bunga sabab, tabiiyki, turmush tarzimizni o‘zgartirib yuborgan koronavirus pandemiyasi.

Shu bois Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun taqdimot chog‘ida ushbu omilni hisobga olgan holda kun tartibidagi masalalar yuzasidan qator vazifalarni belgilab berdi
», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Jumladan, test imtihonlarini abituriyentlar va nazoratchilar uchun epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash imkonini beradigan joyda o‘tkazish kerakligi qayd etilgan.

Yopiq binolar epidemiologik talabga javob bermasligini, ijtimoiy masofaga rioya qilingan taqdirda imtihonlar vaqti anchaga cho‘zilib ketishini inobatga olib, test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etishga topshiriq berildi. Bunda imtihonlar kuniga 2 marta (havo salqin paytda) o‘tkazilsa, barchasini taxminan 12-14 kunda yakunlash mumkin.

Mutasaddi vazirlik va idoralarga stadionlarni test sinovlariga puxta tayyorlash, ularning dislokatsiyasi bo‘yicha abituriyentlarni to‘liq xabardor qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Davlat rahbari imtihonlarning sanasini Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologiya xizmatining epidemiologik vaziyat borasidagi xulosasidan kelib chiqqan holda belgilash, aholi salomatligiga xavfsizligini ta’minlash lozimligini ta’kidladi.

Test sinovlarini shaffof holda o‘tkazish uchun, yoshlarni ortiqcha sarson qilmaslik maqsadida Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi, hokimliklar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan zarur choralar ko‘riladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 79
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 267
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 139
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 107
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 87
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 60
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 42
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 14
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 19
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 136
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 101
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 103
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 35
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 183
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 222
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 67
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 154
  • Bo‘limlar