“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2020, 10:33
ЎЗO‘Z

UzAuto Motors Kusherboyevning fikrlarini populizm deb atadi

06 avg, 23:23 2 744 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzAuto Motors Kusherboyevning fikrlarini populizm deb atadi Avvalroq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “UzAuto Motors” AJ O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni buzganligi sababli tegishli ish qo‘zg‘agani haqida xabar bergan edik. “UzAuto Motors” AJ holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

"Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining “UzAuto Motors” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvi doirasida kompaniya vakolatli davlat idorasi bilan mutlaqo shaffoflik asosida hamkorlik qilmoqda va barcha zaruriy ma’lumotlarni taqdim etmoqda. Afsuski, shaxsiy shuhrat ilinjidagi ayrim shaxslar tekshiruv yakunini kutmay, uning tafsilotlarini chop etmoqdalar, tekshiruvchilarning alohida talqinlarini hech tortinmay aniqlangan fakt o‘laroq ko‘rsatmoqdalar. “UzAuto Motors” omma oldida behuda tortishishlarni ma’qullamasada, axborotning har tomonlama ko‘rib chiqilishiga munosib iste’molchiga hurmat yuzasidan, ushbu holatda Oliy Majlisning «Demokratik kuchlar» fraksiyasidan deputatining xurujiga izoh berishni zarur deb topdi.

TAXMINLARMI Yo FAKTLAR? DEPUTATGA AYONROQ
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 29 iyuldagi xabarida qonunbuzarlik belgilarini aniqlaganligi va tegishli tartibda “UzAuto Motors”ga nisbatan ish qo‘zg‘aganligini e’lon qildi. Bunda ish natijalari haqidagi qo‘shimcha axborot maxsus komissiya ko‘rib chiqishi yakunlariga ko‘ra taqdim etilishini alohida ta’kidladi. Bu yerdagi asosiy so‘zlar «BELGILARI» va «YAKUNLARIGA KO‘RA» sanaladi, zero muvofiqlashtiruvchi idora va kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning madaniyatlashgan amaliyoti aynan shunday – xulosa chiqmagunicha xom-xatala mulohazalardan va, ayniqsa, yorliqlar ilishdan chetlanishdir.

Afsuski, Liberal-demokratik partiya a’zosining bu boradagi fikri o‘zgacha ekan – uning tomonidan nafaqat populistik fikr-mulohazalar, balki Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tezislarining ochiq-oydin buzilgan talqini navbatdagi axborot porsiyasi o‘laroq 5 avgustda o‘z shaxsiy Telegram-kanalida ommaga e’lon qilindi.

Kimdadir deputatlik so‘rovi “UzAuto Motors” tekshiruvi uchun turtki bo‘lgan, degan fikr uyg‘onishi mumkin. Yumshoqroq aytadigan bo‘lsak, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi: keng ko‘lamli tekshiruv borayotganiga bir necha oy bo‘ldi, lekin 29 iyulda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi narxni shakllantirish masalasini chuqurroq o‘rganish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kuni deputatlar guruhidan so‘rov kelib tushgan.

Tasodifmi? Shubhasiz. Shunday esada, Rasul Kusherboev, na ish tashabbuschisi, na uning ishtirokchisi bo‘la turib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining notig‘i rolini o‘zida sinab ko‘rdi – o‘zi videokonferensiya rejimida qatnashgan ish yuzasidan tomonlar o‘rtasidagi muhokamaning tafsilotlari yuzasidan shaxsiy talqinlari bilan jamoatchilikni hayratga soldi. Uning jurnalistika fakultetining bitiruvchisi maqomiga chuqur hurmat bildirgan holda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining pozitsiyasini e’lon qilish qo‘mita matbuot xizmatining vakolati doirasidagi ish, deb hisoblaymiz. Vaholanki, matbuot xizmati elementar axloq me’yorlarini buzib, ishchi talqinlarni fakt o‘laroq taqdim etishni o‘ziga ep ko‘rmagan bo‘lardi.

NARX MASALASI
Deputat tomonidan negadir Monopoliyaga qarshi qo‘mita nomidan e’lon qilingan tezislarga kelsak, haqiqatan, hozirda muvofiqlashtiruvchi idora ekspertlari tomonidan jumladan martdagi narx o‘zgarishi parametrlariga asos bo‘lgan butlovchi qismlar narxining uzoq muddatli prognozining aniqligi masalasi o‘rganilmoqda. Muhim jihati: fakt aniqlanmagan, balki masala ko‘rib chiqilmoqda! Ammo, mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchiga nisbatan g‘ijinishga yo‘g‘rilgan qandaydir nafrat his etuvchi qonun ijodkori bu nozik nuqtalarga qarab o‘tirarmidi?

Ish holatlari o‘rganilishining boshqa yo‘nalishlariga to‘xtalsak, Qo‘mita mutaxassislari, shuningdek, reklama xarajatlari va kreditlarga xizmat ko‘rsatish sarf-xarajatlarining narx shakllanishi jarayoniga kiritilishining asoslanganligini ham tekshirmoqdalar. Bu yo‘nalishda ham kompaniya muvofiqlashtiruvchi idora bilan hamkorlikda ishlamoqda, o‘zi ishlab chiqqan va bir qator idoralar tomonidan tasdiqlangan hisob-kitoblar to‘g‘riligini ma’qullamoqda. Shubhasiz, bu borada oxirgi xulosani monopoliyaga qarshi kurashish idorasi aytadi.

MUASSISLARDA CHALKASHDIMI?
Keyin Rasul Xidraliyevich, fakt o‘laroq taqdim etilishi mumkin bo‘lgan boshqa salmoqli gumonlar topa olmay, “UzAuto Motors”ning dilerlar bilan munosabatlariga o‘tdi – go‘yoki ularning ba’zilari boshqalariga teng bo‘lmagan sharoitda emishlar.

Deputat, masala mohiyatini tushunib yetmay, lekin «o‘zga fikrga o‘rin yo‘q» qabilida ish ko‘rib, kompaniya yangi dilerlardan 10 mlrd so‘m miqdorida oldindan to‘lovni talab qilishini, ishlab turgan dilerlarga esa bunday talab yo‘q ekanligini da’vo qildi. Agar u bevosita kompaniyaga savol bilan murojaat etishni o‘ziga ep ko‘rganda edi, kompaniya tomonidan o‘tkazilgan ob’ektiv tahlil avtosalonlar sonining haddan ortiqligini, nisbatan kichik hududlarda o‘ta ko‘p joylashganligini va ko‘plab sotuv nuqtalarining samaradorligi pastligini bilib olgan bo‘lardi. Vaziyatni sog‘lomlashtirish uchun amaldagi dilerlar bilan ularning servis darajasini oshirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik dasturi ishlab chiqildi.

Aynan shu mantiqqa asosan, “UzAuto Motors” sheriklik tarmog‘iga qo‘shilishni istagan yangi nomzodlarga ham mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasi borasida, ham savdo shartlari yuzasidan yangi talablar qo‘yiladi. Tabiiyki, bu iste’molchi uchun yakuniy narxga mutlaqo ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo, g‘azab otiga mingan deputat «xalq manfaatlarini himoya qilish»dan chetlanib, ommaviy tarzda ayrim tijorat tuzilmalari manfaatlarini himoyalashga o‘tib ketganligini payqamay qoldi. Bu yerda nima birlamchiyu, nima ikkilamchi – muhokama qilib o‘tirmaymiz.

Davomi yana ham qiziqroq. Deputat “tekshiruv “UzAuto Motors” kompaniyasining maxsus aksiyalari orqali avtomobillarni muddatli to‘lov asosida sotish faqat kompaniya muassisligidagi “Autosanoat Invest” MCHJ orqali amalga oshirilganligini ko‘rsatgan. Boshqa dilerlar bevosita bunday aksiya o‘tkazish huquqiga ega bo‘lmagan”liklarini e’lon qildi. Bu esa, uchiga chiqqan safsatabozlik va qip-qizil yolg‘onning o‘zginasi: “UzAuto Motors” AJ “Autosanoat Invest”ning muassisi emas va hech qachon bo‘lmagan ham – bu kompaniya 100% «O‘zavtosanoat» AJga tegishli.

Bundan tashqari, “UzAuto Motors” amalda hech qanday aksiya uyushtirmaydi – u faqat avtomobillar ishlab chiqaradi, ularni keyin dilerlar o‘z avtosalonlarida sotadilar. Dilerlar esa, o‘z navbatida, amaldagi qonunchilik doirasida va o‘z fantaziyalaridan kelib chiqib, istalgan aksiyani o‘tkazishlari mumkin. “Autosanoat Invest” bir qator o‘z aksiyalarini o‘ylab topdi va ishlab chiqdi, lekin yuzga yaqin boshqa dilerlik korxonalarining har biri ham xuddi shunday huquqqa ega. Boz ustiga, ular bu huquqlaridan faol foydalanadilar, hatto avtomobillarning bepul o‘ynalishiga qadar o‘z aksiyalarini ishlab chiqadilar.

TANQIDMI Yo TIRG‘ALISH?
O‘z «muxbirlik» mahsulini xulosalar ekan, deputat qayg‘urib yozadi – «kutilganidek», avtomobil ishlab chiqaruvchi keltirilgan qonunbuzarliklarni tan olmadi va materiallar o‘rganilganidan keyin qo‘shimcha hujjatlar taqdim etishini bildirdi, shundan so‘ng ishni ko‘rib chiqish davom etadi. Nima ham qilardik – birinchidan, bu tizim aynan argumentlar va kontrargumentlar asosida ishlaydi, ikkinchidan, ushbu jarayonda kuzatuvchi rolini bajargan deputat nimaning tan olinishini kutgandi? “UzAuto Motors” o‘ziga mutlaqo aloqasi yo‘q kompaniyaning muassisi ekanliginimi? Yoki o‘n minglab mijozlari o‘rtasida havas qilarli muntazamlikda aksiyalar o‘tkazib keladigan “UzAuto Motors” dilerlariga bunday aksiyalar uyushtirish taqiqlanganinimi?

Shubhasiz, “UzAuto Motors” turli davrlar va boshqaruvga turlicha yondashuvlarni boshidan o‘tkazdi. Shu bilan birga, kamida keyingi ikki yilda kompaniya o‘z faoliyatini ochiqlik va iste’molchi bilan hurmat asosidagi muloqot asosida qurmoqda. O‘n yillab butunlay boshqacha sharoitlarda ishlangani tufayli to‘planib qolgan kamchiliklar haqida kompaniya rahbariyati hammadan yaxshiroq xabardor. Ushbu nuqsonlar izchil bartaraf etilyapti va bu jarayon xalq e’tiboridan chetda qolmaydi, deb umid qilamiz.

Tabiiyki, kompaniya konstruktiv tanqid uchun ochiq, ammo ochiq-oydin g‘arazli hujum uyushtirishdan oldin yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishi lozim bo‘lgan odamlarning quruq ayblovlariga, xususan ularning haqoratlariga jim qarab turmaydi. Agar kompaniya qayerdadir nohaq bo‘lsa, o‘z xatosi ustida ishlashga tayyor. Lekin tegishli xulosani biz bunga vakolatli (darvoqe, deputatlik so‘rovidan naq besh oy oldin ushbu masala bilan qiziqqan) davlat idorasidan olishni kutamiz", deyiladi bayonotida.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Kusherboyev: UzAuto Motors monopol yuqori narx qo‘llaganini tasdiqlovchi to‘rt alomat aniqlandi 05 avg, 15:43
  • Belarusda UzAuto Motors avtomobillari savdosi boshlandi 22 мая, 03:00
  • UzAuto Motors avtomobillar uchun shartnoma tuzish hamda sotuvni to‘xtatdi 04 mar, 08:54
  • UzAuto Motors IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda 06 yanv, 20:37
  • UzAuto Motors avtomobillarini Saudiya Arabistoniga eksport qilishi mumkin 17 dek, 13:49
  • «UzAuto Motors» Toshkentda arzon ehtiyot qismlar do‘koni ochmoqchi 05 iyul, 17:10
  • So'nggi yangiliklar
  • Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan Matiz olib chiqildi. Haydovchi mashinadan tushib qolgan 24 sen, 08:50 200
  • Xorijdan qaytib kelgan rossiyaliklar majburiy izolyatsiyada bo‘lishi joriy etilmoqda 24 sen, 08:18 218
  • Sanjar Valiyev: iqlim o‘zgarishi 30 yil ichida jahon iqtisodiyotiga 8 trln dollarga tushadi 24 sen, 07:37 188
  • Putin Rossiyaning koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinasi tez orada ro‘yxatdan o‘tkazilishini ma’lum qildi 24 sen, 07:00 228
  • "Paxtakor" kichik "missiya"ni bajardi. Eronning "Shahr Xodro" klubi taslim etildi 24 sen, 00:59 738
  • Kasal bo‘lmaslik uchun amal qilish tavsiya qilinadigan 13 maslahat 24 sen, 00:10 626
  • «Al-Hilol» musobaqadan chetlatildi. «Paxtakor» va Aziz G‘aniyev jamoasi pley-offga yo‘l oldi 23 sen, 23:52 814
  • Elektoromobillar ommalashmayotganiga sabab bo‘layotgan omillar sanab o‘tildi 23 sen, 23:45 566
  • Pirlo Ronaldu yordamidan foydalanmasligini e’lon qildi 23 sen, 22:50 928
  • Saudiya Arabistoni oktabrdan umra safariga ruxsat berdi 23 sen, 22:25 399
  • Senat raisi: «Qonunlarimizda korrupsiogen holatlar mavjud» 23 sen, 21:48 380
  • Hamyonbop Xiaomi Mi 10T flagmani 30 sentabr kuni taqdim etiladi 23 sen, 21:28 352
  • Bo‘limlar