“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2020, 10:31
ЎЗO‘Z

Rossiyalik talabalar koronavirusdan davolashning yangi usulini topishdi

06 avg, 21:13 3 446 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyalik talabalar koronavirusdan davolashning yangi usulini topishdi Foto: Getty Images
Rossiyaning “MIFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Biotibbiyot muhandisligi milliy tadqiqot yadro instituti magistraturasi talabalari koronavirusdan davolashning yangi usulini ixtiro qilishdi. Ular tomonidan og‘ir kasalliklar, jumladan COVID-19’ni xavfsiz davolash uchun yorug‘lik-diodli qurilma ishlab chiqildi.

Talabalar taklif qilayotgan uslub inson tanasi sirtini spektrning qizil diapazonida yorug‘lik oqimi bilan nurlantirishga asoslangan.
Professor Viktor Loshchenovning tushuntirishicha, bu usul fotosensibilizatorlar qo‘llagan holda davolashning eng yangi usullaridan biri hisoblanadi.

Fotosensibilizatorlar bemor organizmiga kiritiladi. Ular organizmda virus bilan ushlab olinadi va nurlanish ta’sirida virusni o‘ldiradi. Bunda fotosensibilizatorlar “sitokin shtormi” [immunitetning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan haddan ziyod kuchli javobi] uchun javobgar hujayralarni faolsizlantiradi va shu tariqa o‘lim bilan xavf soluvchi immun javobdan qochishga imkon beradi”, deb aytgan olim.

Loshchenovning ta’kidlashicha, hozirda dunyoda bemorlarni xavfsiz nurlantiruvchi bunday qurilmalar hali mavjud emas.
Ushbu usul bilan koronavirusga chalingan 40dan ko‘proq bemor davolangan. Ularning barchasida qondagi kislorod saturatsiyasi oshgani, o‘pkada og‘riqlar yo‘qolgani va hid sezish qobiliyati qaytgani qayd qilingan.

Umuman olganda, tajriba ishtirokchilari boshqa kasallanganlarga nisbatan tezroq sog‘aygan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyada yangi o‘quv yilida talabalar va o‘qituvchilarning niqob taqishi majburiy bo‘ladi 02 avg, 06:30
  • Xorij fuqarolari Rossiyaga koronavirus yuqtirmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bilan kiritiladi 01 avg, 00:41
  • Yaponiyada ijtimoiy masofalashuvning yangi chorasi taklif qilinmoqda 30 iyul, 09:50
  • Yangi moda. Displeyga ega himoya niqobi yaratildi (video) 28 iyul, 11:50
  • Rossiyalik mashhur xonanda Dima Bilan avtohalokatga uchradi… 19 sen, 10:25
  • Kim Chen In Pxenyan metrosi yangi poezdini sinovdan o‘tkazdi (foto) 21 noya, 12:55
  • So'nggi yangiliklar
  • Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan Matiz olib chiqildi. Haydovchi mashinadan tushib qolgan 24 sen, 08:50 200
  • Xorijdan qaytib kelgan rossiyaliklar majburiy izolyatsiyada bo‘lishi joriy etilmoqda 24 sen, 08:18 218
  • Sanjar Valiyev: iqlim o‘zgarishi 30 yil ichida jahon iqtisodiyotiga 8 trln dollarga tushadi 24 sen, 07:37 188
  • Putin Rossiyaning koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinasi tez orada ro‘yxatdan o‘tkazilishini ma’lum qildi 24 sen, 07:00 228
  • "Paxtakor" kichik "missiya"ni bajardi. Eronning "Shahr Xodro" klubi taslim etildi 24 sen, 00:59 738
  • Kasal bo‘lmaslik uchun amal qilish tavsiya qilinadigan 13 maslahat 24 sen, 00:10 626
  • «Al-Hilol» musobaqadan chetlatildi. «Paxtakor» va Aziz G‘aniyev jamoasi pley-offga yo‘l oldi 23 sen, 23:52 814
  • Elektoromobillar ommalashmayotganiga sabab bo‘layotgan omillar sanab o‘tildi 23 sen, 23:45 566
  • Pirlo Ronaldu yordamidan foydalanmasligini e’lon qildi 23 sen, 22:50 928
  • Saudiya Arabistoni oktabrdan umra safariga ruxsat berdi 23 sen, 22:25 399
  • Senat raisi: «Qonunlarimizda korrupsiogen holatlar mavjud» 23 sen, 21:48 380
  • Hamyonbop Xiaomi Mi 10T flagmani 30 sentabr kuni taqdim etiladi 23 sen, 21:28 352
  • Bo‘limlar