“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 00:50
ЎЗO‘Z

Maxsus mobil brigadada qanday tibbiyot anjomlari va dori vositalari bo‘lishi kerak?

05 avg, 18:43 848 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maxsus mobil brigadada qanday tibbiyot anjomlari va dori vositalari bo‘lishi kerak? AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zolari, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari tomonidan koronavirus bilan bog‘liq bugungi vaziyat va davolashning yangi strategiyasi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Tadbirda uy sharoitida bemorda bosh og‘rig‘i, isitma kabi koronavirus belgilari sezilsa, uyga mobil brigadalarni chaqirish belgilab qo‘yilgani, bunday brigadalarning qo‘lida qanday tibbiyot anjomlari va dori vositalari bo‘lishi kerakligi aytildi.

«Maxsus mobil brigada 3 nafar mutaxassisdan iborat bo‘ladi: infeksionist, umumiy amaliyot shifokori, zaruratga qarab yoki epidemiolog, yoki Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi xodimi bo‘ladi. U bevosita namuna olish uchun brigada qo‘shilgan.

Ular birlamchi tibbiy ko‘rik va tez yordam maqsadida keladi. Bunda albatta isitmani o‘lchash, o‘pkani eshitish uchun fonendoskop, pulsoksimetr va qon bosimi o‘lchanishi kerak. Bu birlamchi tibbiy yordamning birinchi tamoyillari.

Mobil brigadaning qo‘lida maxsus sumka mavjud. Sumkada xuddi «103»da bo‘lgani kabi tez tibbiy yordam dori vositalari, faqat ozgina qisqartirilgan shaklda.

Har bir klinik belgi, shikoyatga to‘g‘ri keladigan dori vositalari kiritilgan. Agar mobil brigada tashrif buyurganidan keyin Covid-19’ga oid klinik belgilar aniqlansa, bemorga maxsus dori vositalari solingan quti beriladi. U belgilarsiz yoki yengil kechuvchi ambulator sharoitda davolanadigan bemorlarga tavsiya etilgan dori vositalari.

Bu dori vositalari hukumat tomonidan sotib olinyapti. Bemor buning uchun pul sarflamaydi. U bepul. Hukumat tomonidan davolash uchun taqdim etilayotgan dorilar to‘plami», dedi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Laziz To‘ychiyev.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi 74ta poliklinika kecha-yu kunduz ishlash rejimiga o‘tkazildi — Barno Odilova 21 iyul, 21:36
  • O‘zbekistonda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mobil guruhlar tarkibidan kimlar joy olishi ma’lum qilindi 14 iyul, 12:49
  • Uyda davolanayotgan bemorlar uchun maxsus mobil guruhlarning vazifalari belgilandi 12 iyul, 00:08
  • O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 37 nafarga yetdi 21 mar, 11:37
  • Koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlarning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berildi 20 mar, 16:38
  • Markaziy shtabimizdan koronavirus to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi 14 fev, 23:05
  • So'nggi yangiliklar
  • Koronavirusning «teri» belgilari ma’lum qilindi 24 yanv, 00:20 0
  • AQSH Senatida Trampning impichmenti jarayoni 8 fevral kuni boshlanadi 23 yanv, 23:51 12
  • Aziz G‘aniyev jamoasi Otabek Shukurovning «Sharja»sini mag‘lub etib, BAA Superkubogiga ega chiqdi 23 yanv, 23:20 55
  • Nurgul Yashilchoy shu vaqtgacha og‘iz ochmagan oilasidagi fojiali voqea haqida so‘zlab berdi 23 yanv, 22:53 199
  • Jo Baydenning dastxati nimadan dalolat beradi? 23 yanv, 22:06 143
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi 23 yanv, 21:30 435
  • Yangi-Angren IESdagi portlagan sexning rahbari o‘zini osib qo‘ydi 23 yanv, 21:00 449
  • «Men ham uzoq qishloqdan chiqqan odamman...» – Shavkat Mirziyoyev 23 yanv, 20:34 583
  • Navoiyda “Ayollar daftari” xotin-qizlar bilan sayyor qabul o‘tkazilib, muammolari tinglandi 23 yanv, 20:08 126
  • Luvr muzeyi yaqinidan kattaligi odamdek keladigan laqqa baliq tutildi 23 yanv, 19:36 338
  • Ozodbek Nazarbekov bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yish taklifi bilan chiqdi 23 yanv, 19:15 165
  • 2 yil aliment to‘lamagan ota qamoqqa tushdi 23 yanv, 18:49 217
  • Bo‘limlar