“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 08:24
ЎЗO‘Z

Turkiyada «Jaloliddin Xorazmshoh» serialini suratga olish ishlari boshlandi (foto, video)

03 avg, 21:53 4 765 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyada «Jaloliddin Xorazmshoh» serialini suratga olish ishlari boshlandi  (foto, video) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko‘ra «O‘zbekkino» milliy agentligi bilan hamkorlikda Turkiyada «Jaloliddin Xorazmshoh» serialining suratga olish ishlari boshlandi.

«O‘zbekkino» milliy agentligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ko‘p qismli film Turkiyaning «Bo‘zdag‘ film» studiyasi tomonidan suratga olinmoqda. Serialning ilk mavsumi 13-qismdan iborat bo‘ladi. Uning rejissyori – Mehmet Bo‘zdag‘, ssenariy muallifi – Nazar Eshonqul.

Hozirda Turkiyaning Oqsaroy viloyati hududida suratga olinayotgan serial uchun maxsus tarixiy dekoratsiyalardan iborat pavilon qurilgan. Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi.

Shuningdek, filmda o‘zbekistonlik aktyorlardan Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo‘ja Rasulov, Saida Rametova, Rayhon Ulasenova, Ra’no Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabova ham rol ijro etishi kutilmoqda.

Jaloladdin Manguberdi ibn Muhammad 1199 yilda Xorazmda tug‘ilgan. 1221 yilda otasi Xorazmshoh A’loiddin Muhammad II vafotidan keyin taxtga o‘tirgan. Ko‘p yillar davomida Chingizxon jangchilariga qarshi muvaffaqiyatli kurashgan. Ammo mo‘g‘ullarga qarshi yagona umumiy front tashkil etolmasdan, Kurdiston tog‘larida 1231 yilda o‘ldirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 45
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 582
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 347
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 482
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 126
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 62
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 88
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar