“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 21:54
ЎЗO‘Z

Behzod Musayev: "Har 100 nafar bemorga bir nafar nufuzli tibbiyot xodimi biriktiriladi"

30 iyul, 13:21 2 199 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Behzod Musayev: "Har 100 nafar bemorga bir nafar nufuzli tibbiyot xodimi biriktiriladi" Bosh vazir o‘rinbosari, respublika maxsus komissiyasi a’zosi Behzod Musayev «O‘zbekiston 24»ga bergan intervyusida qat’iy karantin davrida tibbiyot muassasalarini jihozlash, ularning sonini ko‘paytirish va aholiga tezlik bilan tibbiy xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

Behzod Musayev Zangiota ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklari shifoxonasi haqida to‘xtalib o‘tib, kompleks koronavirusga chalingan va statsionar sharoitda davolanishga muhtoj bemorlarni davolashga ixtisoslashishini ma’lum qildi.

«Zangiota kompleksida jami 3500 bemorni davolash uchun zudlik bilan sharoit yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu yerda bemorlar kislorod bilan yetarlicha ta’minlanadi, har 100 bemorga o‘zlarining davolovchi shifokoridan tashqari tibbiyot sohasida yuqori malakaga ega bo‘lgan bir nafar shifokor biriktiriladi. Ular tibbiyot fanlari doktorlari, fan nomzodlari rektor va prorektorlar bo‘lishi mumkin.

Bu tajriba nafaqat Zangiota kompleksida, balki respublikaning barcha hududlaridagi koronavirus shifoxonalarida tatbiq etiladi, ya’ni davolanayotgan har 100 nafar bemorga bir nafar nufuzli tibbiyot xodimi biriktiriladi», dedi u.

Bosh vazir o‘rinbosari Zangiota kompleksida havo almashish tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani uchun 14 kunlik xizmat davomida biror tibbiyot xodimi koronavirus bilan zararlanmaganini ma’lum qildi.

Shuningdek, maxsus komissiya a’zosi joriy yilgi Qurbon hayiti bayramining karantin cheklovlariga amal qilgan holda nishonlanishi lozimligini ta’kidladi.

«Urf-odatlarimizga ko‘ra, hayit bayramida qarindoshlarni yo‘qlash, turli yig‘inlar o‘tkazish, ma’rakalar o‘tkazish amallari bajariladi. Lekin hozir bu kabi tadbirlardan cheklanib turishni tavsiya qilmoqdamiz.

Sababi, bir tomondan karantin kuchaytirilib, davlat xalqiga yordam berish uchun tibbiyot muassasalari va tibbiyot xodimlarini ko‘paytirayotgan bir paytda kasallar soni ko‘payib ketadigan bo‘lsa, hech qanday tibbiyot muassasasi ularni davolash imkoniga ega bo‘lmay qoladi. Shuning uchun ham bu yilgi Qurbon hayitini oilaviy nishonlash tavsiya etilmoqda», dedi maxsus komissiya a’zosi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 2
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 184
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 132
  • So'nggi yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 47
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Bo‘limlar