“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:45
ЎЗO‘Z

Yangi o‘quv yili onlayn shaklda boshlanadi

26 iyul, 09:53 3 780 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi o‘quv yili onlayn shaklda boshlanadi 25 iyul kuni AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Brifingda bir qator muhim savollarga javob berildi.

Oliy ta’lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili qanday boshlanadi? Masofaviy ta’lim davom etaveradimi?
An’anaviy ta’lim shaklida o‘quv yilini boshlash rejalashtirilgan edi. Respublikada epidemiologik vaziyatning barqarorlashish sharoitidan kelib chiqib, Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasining yuqori kurs talabalari hamda akademik litseylarning 2 kurs o‘quvchilariga yangi o‘quv yilini joriy yilning sentabr oyidan masofaviy shaklda boshlashga ham tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida o‘tkaziladigan ijodiy imtihonlar bo‘yicha qanday o‘zgarishlar kiritilayapti?
Bugungi kunda mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kirish imtihonlarini birxillashtirish maqsadida test bilan birga bo‘ladigan ijodiy imtihonlar o‘rniga oldingi yillarda shu ta’lim yo‘nalishidagi test fanlaridan biri qo‘yilishi rejalashtirilgan. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar esa amaldagi tartibda o‘tkaziladi.

Nima sababdan magistratura bosqichida o‘qishni ko‘chirish mumkin emas?
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 232-bandiga muvofiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmasligi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq magistratura talabalariga birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyida magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularga biriktirilgan ilmiy rahbarlar tasdiqlanadi. Magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoni birinchi kursning birinchi semestridan boshlanadi. Magistratura talabalari o‘qishining ko‘chirilishi natijasida ularning qolgan muddatda magistrlik dissertatsiyalarini yangidan belgilangan talablar darajasida tayyorlash imkoni mavjud emas. Yuqoridagilarga ko‘ra, magistratura bosqichida talabalar o‘qishini ko‘chirish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar