“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 23:01
ЎЗO‘Z

Aziza Xo‘jayeva: "Kuchli karantinga emas, bemorlarga sharoit yaratishga ko‘proq ahamiyat berish kerak"

25 iyul, 08:22 2 658 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aziza Xo‘jayeva: "Kuchli karantinga emas, bemorlarga sharoit yaratishga ko‘proq ahamiyat berish kerak" Immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayevaning fikricha, hozirgi vaziyatda o‘ta qat’iy karantin o‘rnatish emas, bemorlarning davolanishi uchun sharoit yaratib berish maqsadga muvofiq.

«Hozirgi sharoitda karantin bo‘lishi kerak. Lekin nihoyatda kuchli karantin qilish kerak emas. Chunki karantinning asosiy ma’nosi yo‘qotilgan. Boshida karantin kasallikni to‘xtatish uchun qo‘llanildi. Endi esa kasallik aholi orasiga tarqab ketib bo‘ldi. Har kuni eshitib kelyapmiz, ko‘plab oilalarda bir kishi emas, oilaning barcha a’zolari koronavirusga chalinib, tuzalib ketyapti.

Hozirga kelib, kasallik tarqalishini to‘xtatib bo‘lmaydi. Yaxshisi bemorlar uchun sharoit yaratish kerak. Hozir aprel oyida bo‘lganidek kuchli karantin hech ham kerak emas, bu bizga xalal beradi. Chunki odamlar o‘zi uchun yordam ola bilmay qolishi mumkin – ular kasallansa, qon topshirishi, shifokorga borishi, tekshiruvlardan o‘tishi kerak. Agar poliklinikadan tibbiyot xodimlari maxsus formada uyma-uy yura olsa mayli, lekin hozir bu ularga og‘ir, poliklinika xizmati buni ko‘tara olmaydi. Shuning uchun bemorlar o‘zlari uchun yengilroq yo‘lni tanlashi kerak.

Aholi orasida kasallik kam bo‘lsa, karantin o‘rinli bo‘lardi. Lekin hozir bemorlarning soni ko‘payib ketdi
», – dedi mutaxassis «Tez yordam» dasturining 24 iyul kungi sonida.

Virusolog Dildora Seklerga ko‘ra, hozir bemorlarni tibbiy saralab olishga diqqat qaratish lozim.
«Kuchli karantindan maqsad nima edi? Birinchidan, avvaliga kasallik soni ko‘p emas, shuning uchun to‘xtatib turish kerak edi. Ikkinchidan, davolash uchun joy tayyorlab olishga zarurat bor edi.

Hozir bemorlarni tibbiy saralab olishga diqqat qaratish kerak. Misol, «O‘zekspomarkaz»da hammani qabul qilib, saralaydigan tizim ishga tushyapti. Bemorni qabul qilishadi, agar unda kasallik yengil yoki o‘rta og‘irlikda bo‘lsa, kerakli ko‘rsatmalarni berib, uyga yuboradi. Ahvoli og‘irroq bo‘lsa, shifoxonaga yo‘naltiradi
», dedi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 28
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 36
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 30
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 192
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 215
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 0
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 1
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 0
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 28
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 57
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 36
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 56
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 56
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 45
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 54
  • Bo‘limlar