“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 22:52
ЎЗO‘Z

Bu yilgi eng yosh abituriyent 13 yosh, eng kattasi esa 95 yoshda

22 iyul, 15:07 2 768 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bu yilgi eng yosh abituriyent 13 yosh, eng kattasi esa 95 yoshda 2020/21 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olish uchun hujjat topshirganlar ichida 13 hamda 95 yoshli abituriyentlar ham bor. Bu haqda bugun, 22 iyul kuni Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabovning aytishicha, bu yil O‘zbekiston bo‘yicha 91 ta oliy ta’lim muassasacida o‘qish uchun 1 million 484 ming 85 abituriyent hujjat topshirgan (2019 yilda 1 million 66 ming 926). Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 417 ming 159 nafarga yoki 39,1 foizga ko‘p.

Rajabovning qo‘shimcha qilishicha, qabul komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olish jarayonlarida 13 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan abituriyentlar ham qayd etilgan. Jumladan, eng yosh abituriyent 13 yosh (14 yoshga to‘lmagan) va eng yoshi katta abituriyent 95 yosh hisoblanadi.

Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyevning ma’lumot berishicha, 14 yoshga to‘lmagan abituriyent Toshkent shahridan va 95 yoshli abituriyent esa Samarqand viloyatidan talabgor sifatida qatnashmoqda (iqtisodiyot yo‘nalishi uchun).

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonini topshirgan eng yoshi ulug‘ abituriyentlardan biri Mamatqul Berdialiyev bo‘lgani aytilgandi. U Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filialiga o‘qishga kirish uchun test topshirgan va 42,1 ball bilan «yiqilgan».




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 27
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 36
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 30
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 192
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 215
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 25
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 56
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 34
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 55
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 55
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 44
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 53
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 30
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 141
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 74
  • Bo‘limlar