“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 08:36
ЎЗO‘Z

Toshkentda o‘zini prezident administratsiyasida ishlashini aytib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

20 iyul, 14:14 2 827 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda o‘zini prezident administratsiyasida ishlashini aytib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi Joriy yilning mart oyida Toshkent shahridagi xususiy klinikalardan birining rahbariga noma’lum kimsa qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Prezident Administratsiyasida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs sifatida tanishtirgan va uning qabuliga bir ona-bolani yuborayotganligini, zudlik bilan tibbiy muolaja ko‘rsatishi kerakligini tayinlagan.

Klinika rahbari uning rasmiy ohangdagi muomalasidan hech bir shubhaga bormasdan, qabuliga kelgan ayolning bolasini tekshiruvlardan o‘tkazadi. Natijada bolaning burnidagi o‘simtani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash zarurligi ayon bo‘ladi. Garchi bunday operatsiya o‘zining shifoxonasida amalga oshirilmasa-da, u 7,5 mln. so‘m sarflab, boshqa klinikada bu topshiriqni bajaradi.

Oradan bir oz muddat o‘tib, yuqoridagi shaxs klinika rahbariga yana qo‘ng‘iroq qiladi va ko‘rsatgan xizmati uchun minnatdorlik bildirib, endi unga yaxshilik qilmoqchi ekanligini aytadi.

Ya’ni, Toshkent shahridagi ko‘pqavatli uylarda egasiz, deb topilgan 11 ta xonadon borligini, ularning har birini 10 ming AQSH dollaridan jami 110 ming AQSH dollariga olib berishini bildiradi.

Uning gaplariga ishongan klinika rahbari arzon narxda taklif qilingan uylarni olishga rozi bo‘ladi va firibgar yuborgan odamga 10 ming AQSH dollarini dastlabki to‘lov sifatida beradi.

Joriy yilning iyul oyiga kelib esa, u yana qo‘ng‘iroq qiladi va go‘yoki shahar hokimining 11 ta xonadonga egalik huquqini beruvchi qarori chiqqanligini va buning uchun dastlab 50 ming AQSH dollari berishini, qolgan qismini esa ish to‘liq hal bo‘lganidan keyin berishi kerakligini aytadi.

DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida firibgarning nomidan kelgan uning turmush o‘rtog‘i va hamtovog‘i xususiy klinika rahbaridan 50 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

So‘ngra Toshkent shahridagi vaqtinchalik yashash manzilida firibgarning o‘zi – 1983 yilda tug‘ilgan X.B. ham qo‘lga olindi.

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida istiqomat qiluvchi, hech qayerda ishlamaydigan ushbu shaxsning bu xatti-harakati birinchisi emas. Aniqlanishicha, u avval Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuboraman, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiritib qo‘yaman, deya fuqarolarni aldab kelgan va Jinoyat kodeksining 168–moddasi, ya’ni firibgarlik bilan ayblanib, to‘rt marotaba sudlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida undan jabr ko‘rgan boshqa fuqarolarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 382
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 634
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 95
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 81
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 111
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 331
  • Bo‘limlar