“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 18:14
ЎЗO‘Z

Qaysi hollarda bola 6 yoshdan maktabga qabul qilinishi mumkin?

18 iyul, 19:36 2 395 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qaysi hollarda bola 6 yoshdan maktabga qabul qilinishi mumkin? Ko‘pchilik ota-onalar farzandlarini 6 yoshdan boshlab maktabga joylashtirishni istashadi. Xo‘sh, qaysi hollarda bolani 6 yoshdan maktabga qabul qilish mumkin? Respublika tashxis markazi bo‘lim boshlig‘i Limona Ahmedova bu haqda batafsil ma’lumot berdi.

Maktabga psixologik tayyorlik nima degani?
Maktabga psixologik tayyorlik bolaning ilk o‘quv motivlarining shakllangani, bilish jarayonlarining (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol) yetarli darajada rivojlangani, yangi ijtimoiy muhitga moslashuv va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarining borligi, ma’naviy-ruhiy salohiyat, shuningdek, aqliy imkoniyatlarning ta’lim talablariga mutanosibligi bilan izohlanadi.

Bolaning maktabga psixologik tomondan tayyorligi qanday aniqlanadi?
6 yoshli bolalarning maktabga psixologik tayyorligini o‘rganish maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari asosida, yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan komissiya a’zolari tomonidan (psixolog, pedagog) o‘rganiladi.

Bunda bolalarning kichik qo‘l motorikasi, fazoviy idroki, predmetlarni guruhlashtirish va umumlashtirish, ilk o‘quv motivlarining shakllangani, bilish jarayonlarining (sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayol) yetarli darajada rivojlangani, sezgi – ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish, teri tuyush yordamida predmet va hodisalarning aniq belgi va xossalari, og‘irligi, hajmi, holatini bilish, idrok-vaqt, rang, makon, shaklni idrok qilish, belgilarga qarab ajratish, yil, oy, sutka, hafta kunlarini, asosiy ranglarni va tuslarni bilish hamda farqlash, predmetlarni makonda joylashuvini, shuningdek shakli, hajmiga qarab bir-biridan ajratish, xotira: yodda saqlash va qayta tiklash tezligi va hajmining shakllangani hamda tafakkur-predmetlarni umumlashtirish, guruhlarga ajratish, voqea-hodisalar orasidagi mantiqiy ketma-ketlikni aniqlash, taqqoslash, tahliliy fikrlash, ko‘ruv-harakatli, ko‘ruv-obrazli, mantiqiy tafakkurning shakllangani o‘rganiladi.

Shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatning shakllangani, diqqatning barqarorligi, ko‘chishi, taqsimlanishi, parishonxotirlik, xayol jarayonining hajmi va rivojlangani va nutqning rivojlangani – jumlalarni to‘g‘ri tuza olish, rasmga qarab hikoya tuza olishlariga e’tibor qaratiladi.

6 yoshdan maktabga borishning qanday salbiy oqibatlari bo‘lishi mumkin?
Ko‘pincha ota-onalarning xohish-istaklari bilan farzandlarining 6 yoshdan maktabga berish holatlari bolaning maktabga moslasha olmasligiga sabab bo‘ladi. Bolada zo‘riqish, zerikish, ijtimoiy muhitga moslasha olmaslik, sog‘lig‘i, ayniqsa asab-nerv tizimida o‘zgarishlarga olib keladi.

Maktabga moslasha olmaslik bola sog‘lig‘iga ta’sir etadi, jismoniy va ruhiy zo‘riqishi hamda asabiylik holatlarini keltirib chiqaradi. Bola birdaniga o‘yin faoliyatidan o‘qish faoliyatiga o‘tishi kerak.

Maktabdagi qiyinchiliklar sabablari quyidagilarni tashkil etadi:

1-guruh xavf omillari:
– asab tizimi tez toliqishi;
– jadal jismoniy va ruhiy-emotsional zo‘riqishni ko‘tara olmaslik;
– nevrologik holat hamda funksional rivojlanish buzilishlarida (tafakkur, idrok, xotira, motorika, nutq) – yozuv, o‘qish, matematikani o‘qitishda va guruh bilan ishlay olmaslikda umumiy qiyinchiliklar kuzatiladi.

2-guruh:
– maktab moslashuvida psixologik va funksional qiyinchiliklar;
– salomatlik va xulqning birdan yomonlashuvi;
– tez charchash, past va beqaror ishchanlik;
– sinfdagi intensiv ishni ko‘tara olmaslik;
– yozuvni o‘rgatishda oshkora kompleks qiyinchiliklarning bo‘lishi.

3-guruh:
– tafakkur jarayonlarining shakllanmagani;
– bilim va ma’lumotlar ko‘lamining yetarli emasligi;
– nutq buzilishi;
– motor funksiyalari shakllanmagani;
– qo‘ruv idroki va eshitish koordinatsiyalarining yetishmasligi.

Ehtimoliy qiyinchiliklar:
– o‘qitishning boshlang‘ich bosqichlarida kompleks qiyinchiliklarning mavjudligi (agar boshqa xavf faktorlari bo‘lmasa);
– moslashuvda o‘qitishdagi qiyinchiliklarning mavjudligi;
– yozuv, o‘quv, matematikani o‘qitishda kompleks qiyinchiliklar sodir bo‘lishi (idrokning yetarlicha rivojlanmagani).
– o‘quv yili mobaynida ortib boruvchi faoliyat buzilishi (eshituv, motor koordinatsiyasini buzilishi).

4-guruh:
Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar:
– psixologik va funksional moslashuvdagi qiyinchiliklar;
– past ishchanlik va tez toliqish;
– diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklar, faoliyatning juda sekin tempi;
– qisqa muddatli samarali faoliyat;
– o‘qishning birinchi yili yakuniga kelib kuchayuvchi maktabdagi muammolar majmuasi bo‘lishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 0
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 36
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 176
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 246
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 52
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 31
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 1
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 57
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 36
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 176
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 46
  • Bo‘limlar