“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 16:28
ЎЗO‘Z

Toshkent shahri va viloyatida 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil etildi

16 iyul, 19:21 2 502 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahri va viloyatida 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil etildi Toshkent shahri va viloyatida epidemiologik vaziyat keskinlashgani tufayli Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bu ikki hududda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va aholini davolash ishlariga aloqador barcha vazirlik va idoralar, yirik tibbiyot muassasalari rahbarlaridan iborat 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil qilindi.

Bugun, 16 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Milliy gvardiya matbuot xizmati rahbari Davron Jumanazarov tomonidan karantin tadbirlari kuchaytirilishi bilan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari haqida ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri va viloyatida epidemiologik vaziyat keskinlashgani tufayli Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bu ikki hududda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va aholini davolash ishlariga aloqador barcha vazirlik va idoralar, yirik tibbiyot muassasalari rahbarlaridan iborat 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil qilingan.

«Ayni paytda karantin rejimida respublika bo‘yicha jami 79 238 nafar fuqaro saqlanmoqda. Ularning 21 738 nafari 198ta ob’ektda statsionar sharoitda, 57 500 nafari esa uy sharoitida karantin rejimini o‘tamoqda.

Karantinga olingan 198ta statsionar ob’ektlarni qo‘riqlashga Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va Milliy gvardiya shaxsiy tarkibidan jami 1 862 nafar, 14 128ta uy xonadonlariga esa 5 880 nafar xodim jalb qilingan», deya qayd etdi Milliy gvardiya vakili.

Ta’kidlanishicha, kundalik ravishda 4 807 nafar Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jalb qilinmoqda. Bu xodimlarning 1 190 nafari YPXga, 1328 nafari blokpost va to‘siq postlarga, 897 nafari targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga, 125 nafari dezinfeksiya ishlariga, 254 nafari esa hamkorlikdagi avtoreydlarga jalb qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 12
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 155
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Bo‘limlar