“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 08:56
ЎЗO‘Z

Toshkent shahri va viloyatida koronavirusga qarshi kurashish borasidagi ishlar tanqid qilindi

15 iyul, 23:11 1 676 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahri va viloyatida koronavirusga qarshi kurashish borasidagi ishlar tanqid qilindi Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

«Koronavirus kasalligi yurtimizga kirib kelganidan beri davlatimiz rahbari epidemiologik holatni jiddiy nazoratga olib, deyarli har bir yig‘ilishda bu masalaga to‘xtalib o‘tmoqda. Kecha bo‘lib o‘tgan selektorda ham joylarda bu boradagi ishlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisoboti eshitilgan edi. Ularning hozirgi murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmayotgani, xavfni tushunib yetmayotgani ayonlashdi.

Ayniqsa, Toshkent shahri va poytaxt viloyatida hokimlar va sektorlar rahbarlari ishonib topshirilgan hududlardagi haqiqiy ahvolni o‘rganmagan. Tibbiyot muassasalaridagi real vaziyatni bilmaydi. Aholini virusdan ogohlantirish va saqlash, kasallarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolash uchun mas’uliyatni his qilmagan», dedi bugungi yig‘ilishda davlat rahbari.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ham, keyingi bir oyda koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasi keskin buzilgan, real holatdan kelib chiqib, davolash amaliyoti o‘zgartirilmagan.

Toshkent shahrida kasallikni aniqlaydigan testlar va zarur tibbiyot vositalari yetishmayapti. Dorixonalarda virus va isitmaga qarshi preparatlar narxi asossiz, bir necha barobar oshirib yuborilgan, bu esa aholi orasida ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Ayni paytda Toshkent shahri shifoxonalarida 418ta, Toshkent viloyatida esa 816ta shtat birliklari bo‘sh turgani vazirlik va hokimiyat tomonidan joriy vaziyat o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan dalolat beradi.

Yig‘ilishda aholi koronavirus va boshqa kasalliklar bo‘yicha qayerga borib murojaat qilishni va davolanishni bilmay, sarson bo‘layotgani, shoshilinch tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilib tushish qiyinlashib ketgani ta’kidlangan.

– Yana bir bor ta’kidlayman. Ayni paytda butun dunyo, shu jumladan, biz ham ko‘rinmas dushman bilan chin ma’noda urush olib boryapmiz. Bu virusning barcha xavf va xatarini to‘g‘ri baholab, har tomonlama tayyorgarlik ko‘rib kurashsak, uni albatta yengamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 0
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 0
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 98
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 366
  • So'nggi yangiliklar
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 0
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 126
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 76
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 182
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 94
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 34
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 50
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 258
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 179
  • Bo‘limlar