“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 19:26
ЎЗO‘Z

Lukashenkoning 2 jiddiy siyosiy raqibi prezidentlik sayloviga qo‘yilmadi

15 iyul, 11:46 2 025 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lukashenkoning 2 jiddiy siyosiy raqibi prezidentlik sayloviga qo‘yilmadi Belarus Markaziy saylov komissiyasi Viktor Babariko va Valeriy Sepkaloni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olishni rad etdi.
Saylov komissiyasi rahbari Lidiya Yermoshinaning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv natijasida Babarikoning daromadi Latviya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarga olib ketilgan. Bundan tashqari, Babarikoning soliq deklaratsiyasida 500 ming dollardan ortiq mablag‘ ko‘rsatilmagan. Bu haqida «Euronews» xabar bermoqda.

Markaziy saylov komissiyasi rahbari, shuningdek, Davlat taftish idorasida «Babarikoning xorijiy moliyaviy yordamdan foydalanish faktlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar» mavjudligini ta’kidlamoqda.

9 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Viktor Babariko Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqibi bo‘lishi kutilayotgan edi. Yana shuni aytish kerakki, u iyun o‘rtalarida hibsga olingan. Hibsga olinishidan oldinroq Viktor Babariko shunday degan edi:

«Agar bu ro‘y bersa (Markaziy saylov kommissiyasi ro‘yxatdan o‘tkazmasa - tahrir), u (Belorusiya prezidenti Lukashenko nazarda tutilyapti) hatto raqobatlashmasligini yoki qandaydir tarzda xalqning irodasini so‘ramasligini ko‘rsatmoqda. Men saylov jarayoni shu yo‘nalishda yuradi deb o‘ylamayman. O‘zboshimchalikdan boshqa rasmiy asoslar yo‘q (rad etish uchun). Ammo keyin bu butun dunyoga namoyish bo‘ladi. Men nima bo‘lishini bilmayman. Bu haqda Belarus xalqiga gapiring».

Saylov komissiyasi yana bir jiddiy Valeriy Sepkaloni ro‘yxatdan o‘tkazishni ham rad etdi. Ammo Svetlana Tixanovskaya «jiddiy xatolari»ga qaramay, prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi.

Amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko, Andrey Dmitriyev, Sergey Cherechniya va Anna Kanopatskaya ham saylov nomzodi sifatida ro‘yxatga olingan.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 0
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 1
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 113
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 198
  • So'nggi yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 0
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 1
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 0
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 2
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 58
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Bo‘limlar