“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2020, 04:32
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida soliq va investitsiyaga oid 2ta shartnoma kuchga kirdi

13 iyul, 16:35 727 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida soliq va investitsiyaga oid 2ta shartnoma kuchga kirdi 2017 yil 25 oktabrda – prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi davomida imzolangan 2ta hujjat 2020 yil 9 iyuldan e’tiboran kuchga kirdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 9 iyuldan quyidagi ikkita xalqaro shartnoma amal qila boshlagan:

· 1996 yil 8 maydagi Daromadlarga ikki tomonlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi O‘zbekiston va Turkiya hukumatlararo Bitimiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma;
· Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim.

Soliqqa oid dastlabki hujjatga binoan, ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida axborot almashishning yangilangan tartibi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, 1996 yildagi Bitim soliqlarni undirishda ko‘maklashishga oid yangi norma bilan to‘ldirilmoqda.

«Tuzatishlar soliq shaffofligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu ikki mamlakatning jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish va Bitim qoidalarini ikki mamlakatning amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiqlashtirish zaruriyati bilan belgilanadi
», – deyiladi TIV axborotida.

Investitsiya sohasidagi bitimga asosan, O‘zbekiston va Turkiya investorlari tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi qo‘llaniladi.

«Bitim investorlar huquqlarini himoyalash, sarmoya va texnologiyalarning kirib kelishini qulaylashtirish, pul o‘tkazmalarining erkin bajarilishi huquqiy asoslarini belgilagan.

Hujjat 1992 yil 28 aprelda imzolangan avvalgi hukumatlararo Bitimni almashtiradi hamda zamonaviy voqelikni inobatga olgan holda investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan.

Bitim ikki davlat iqtisodiyotiga o‘zaro investitsiyalar oqimi uchun mustahkam asos yaratadi, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlar uchun har ikki mamlakatning investitsion jozibadorligini oshiradi
», – deb ma’lum qilingan O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi tomonidan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinadi 22 iyun, 08:43
  • Prezident alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi 19 iyun, 23:40
  • Soliq hisoboti shakllari tasdiqlandi 27 fev, 10:20
  • Soliq turlari qisqartirildi 02 yanv, 21:51
  • 2020 yildan soliq turlari 13 tadan 9 tagacha qisqartiriladi 14 dek, 20:25
  • O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? 15 apr, 13:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Sotqin generalning o‘limi. 1946 yil 3 avgust – Gitlerga xizmat qilgan general Vlasov qatl etilgan kun 04 avg, 00:28 197
  • Andrey Kanchelskis: Ayrim futbolchilar o‘zlarining nimalarga qodirliklarini hali ko‘rsata olishmadi 04 avg, 00:22 122
  • Bosh vazir o‘rinbosari karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligini aytdi 03 avg, 23:53 402
  • Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda 700dan ortiq yangi holat qayd etildi 03 avg, 23:30 247
  • Rossiya o‘z vaksinasiga ega ilk mamlakat bo‘lishga yaqin 03 avg, 23:23 546
  • Bojxonachilar 144 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi 03 avg, 23:04 174
  • Olimlar poyezdda koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytirish yo‘lini aniqlashdi 03 avg, 22:42 259
  • Megan Markl otasiga yozgan xatini chop etgan gazetaga sudda yutqazdi 03 avg, 22:20 239
  • Turkiyada «Jaloliddin Xorazmshoh» serialini suratga olish ishlari boshlandi (foto, video) 03 avg, 21:53 347
  • «Allohdan bunday sharoitda olib ketmasligini so‘radim». Yulduz Usmonova bir necha kun isitmalab yotgani haqida so‘zlab berdi (video) 03 avg, 21:27 595
  • Koronavirusga qarshi kurashda qaysi davlatdan o‘rnak olish kerak? 03 avg, 21:03 776
  • Mutaxassis koronavirusga ommaviy immunitet paydo bo‘lishi shartini ma’lum qildi 03 avg, 20:40 656
  • Bo‘limlar