“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2020, 01:18
ЎЗO‘Z

Karantin hududida bir kishiga kuniga 67-70 ming so‘mlik yeguliklar berilmoqda – Anvar Alimov

13 iyul, 12:45 1 865 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin hududida bir kishiga kuniga 67-70 ming so‘mlik yeguliklar berilmoqda – Anvar Alimov Sog‘liqni saqlash vazirligi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Anvar Alimov navbatdagi brifing chog‘ida karantin hududidagi ta’minot haqida so‘zlab berdi.

«Karantin hududlarida kasallikka chalingan bemorlar bilan ishlovchi shifokorlar 14 kun uchun 25 mln so‘m, hamshiralar 15 mln so‘m, kichik tibbiy xodimlar 10 mln so‘m ish haqi olishmoqda. Har 14 kunda ular to‘liq almashadilar va kuzatuv ostida bo‘ladilar.

Karantin hududidagilar ta’minotiga keladigan bo‘lsak, ularga har kuni autsorsing asosida 67 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha qiymatda oziq-ovqatlar yetkazib berilmoqda
», dedi shtab a’zosi Anvar Alimov.

Ma’lumot uchun, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 55 gektar hududda barpo etilgan «O‘rtasaroy» karantin hududi 20800 o‘ringa mo‘ljallangan. Maxsus izolyatsiya xonalarida 4 kishi davolanib, profilaktika qilinadi. Xonalar barcha tibbiyot jihozlari va sanitariya-gigiyena vositalari bilan jihozlangan. Shuningdek majmuada ovqatlanish, laboratoriya, tibbiyot xodimlari uchun turarjoylar, reanimatsiya bo‘limlari va karantin uchun maxsus xonalar ham barpo etilgan. 3467 konteynerdan iborat majmua elektr energiyasi, issiq va sovuq suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlariga ulangan.

Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «O‘rtasaroy» karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslarning noroziligi aks etgan video tarqalgan, Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, maxsus komissiya qaroriga ko‘ra Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga karantin qoidalari kuchaytirilgan 10 iyuldan boshlab O‘rtasaroydagi karantin hududida saqlanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni maqbullashtirish vazifasi topshirilgandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari «O‘rtasaroydagi mojaro» bo‘yicha izoh berdi (video) 09 iyul, 17:34
  • Anvar Alimov: "Koronavirus zanjirini 20 kun ichida 95-99 foizga uzamiz" 08 iyul, 22:33
  • Koronavirus infeksiyasi karantin zonasidan tashqarida ham aniqlanayotgani aytildi 28 apr, 12:46
  • Koronavirus karantin zonadan tashqarida, aholi orasida ham aniqlanayaptimi? 27 apr, 16:33
  • O‘zbekistonda karantin cheklovlari yumshatiladi 21 apr, 19:30
  • Koronavirusga chalingan bemorlar qancha muddatda tuzalishi ma’lum qilindi 21 apr, 15:50
  • So'nggi yangiliklar
  • Sotqin generalning o‘limi. 1946 yil 3 avgust – Gitlerga xizmat qilgan general Vlasov qatl etilgan kun 04 avg, 00:28 0
  • Andrey Kanchelskis: Ayrim futbolchilar o‘zlarining nimalarga qodirliklarini hali ko‘rsata olishmadi 04 avg, 00:22 1
  • Bosh vazir o‘rinbosari karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligini aytdi 03 avg, 23:53 1
  • Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda 700dan ortiq yangi holat qayd etildi 03 avg, 23:30 0
  • Rossiya o‘z vaksinasiga ega ilk mamlakat bo‘lishga yaqin 03 avg, 23:23 289
  • Bojxonachilar 144 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilarning noqonuniy alanmasiga chek qo‘yishdi 03 avg, 23:04 85
  • Olimlar poyezdda koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytirish yo‘lini aniqlashdi 03 avg, 22:42 172
  • Megan Markl otasiga yozgan xatini chop etgan gazetaga sudda yutqazdi 03 avg, 22:20 165
  • Turkiyada «Jaloliddin Xorazmshoh» serialini suratga olish ishlari boshlandi (foto, video) 03 avg, 21:53 248
  • «Allohdan bunday sharoitda olib ketmasligini so‘radim». Yulduz Usmonova bir necha kun isitmalab yotgani haqida so‘zlab berdi (video) 03 avg, 21:27 443
  • Koronavirusga qarshi kurashda qaysi davlatdan o‘rnak olish kerak? 03 avg, 21:03 624
  • Mutaxassis koronavirusga ommaviy immunitet paydo bo‘lishi shartini ma’lum qildi 03 avg, 20:40 534
  • Bo‘limlar