“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 21:31
ЎЗO‘Z

Endi bemorga 5ta va undan ko‘p dori yozib berish boshqa mas’ul shifokor bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi

05 iyul, 21:13 3 766 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi bemorga 5ta va undan ko‘p dori yozib berish boshqa mas’ul shifokor bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan, Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi bo‘yicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha tibbiyot tashkilotlarida bemorga majburiy tartibda xalqaro patentlanmagan nom bo‘yicha retsept yozilishi lozim.

Bemorga bir vaqtning o‘zida 5 va undan ortiq dori vositalari (dori vositalarining turidan qat’i nazar) tayinlanganda buning asosliligi tibbiyot tashkilotlarining bo‘lim mudiri yoki navbatchi shifokori yoxud klinik farmakologi bilan kelishilishi lozim.

Asosiy kasallikning asoratlari yoki hamroh kasalliklari mavjud bo‘lganda ham shunday tartibga amal qilinadi.

Tayinlangan dori vositalarining asosliligi bemorning tibbiy hisob hujjatlarida (kasallik tarixi, ambulatoriya kartasi) qayd etilishi va ushbu tibbiy hujjatlar bevosita davolovchi shifokor hamda yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan ham imzolanishi lozim.

Retseptda dori vositasining xalqaro patentlanmagan nomi, tarkibi, shakli, uni tayyorlash va berish haqidagi yozma ko‘rsatmasi lotin tilida, dori vositalarini qo‘llash usuli esa davlat tilida ko‘rsatilishi shart.

Zarur hollarda retsept malakali tarjimani ta’minlagan holda bemor tushunadigan boshqa tilda yozilishi mumkin.

Har bir tibbiyot tashkilotidagi davolovchi shifokorlarga retsept blankalari ushbu muassasa rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadigan javobgar shaxs tomonidan, dam olish va bayram kunlari, shuningdek tungi vaqtlarda esa tibbiyot tashkilotining mas’ul navbatchi shifokori tomonidan beriladi.

Davolovchi shifokor tomonidan quyidagi holatlarda dori vositalariga retsept rasmiylashtirilishi taqiqlanadi:
- mijozning tibbiy ko‘rsatmasi bo‘lmagan holatlarda;
- O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan dori vositalariga (orfan dori vositalari bundan mustasno);
- faqat tibbiyot tashkilotlarida qo‘llashga mo‘ljallangan dori vositalari, shu jumladan narkoz vositasi sifatida ishlatiladigan dori vositalariga.

Retsept O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlari tomonidan berilganda ularning yuqori qismi chap burchagida tibbiyot tashkilotining nomi va manzili tegishli shtamp qo‘yilgan holda ko‘rsatilishi, xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan berilganda esa qo‘shimcha ravishda retseptning yuqori qismi o‘ng burchagida ushbu muassasaning faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha berilgan litsenziyaning tartib raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatilishi lozim.

Retseptda «Ichish uchun», «Ma’lum», «Qoida tariqasida» va boshqa shu kabi qisqartma so‘zlardan foydalanish man etiladi.
Retseptda ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniq va tushunarli tarzda to‘ldirilishi, unda o‘chirish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.

Bemorga dori vositalarini shoshilinch ravishda yoki zudlik bilan berish zarur bo‘lgan taqdirda, retsept blankasining yuqori qismiga «cito» (shoshilinch) yoki «statim» (zudlik bilan) belgisi qo‘yiladi.

Retsept davolovchi shifokorning imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Bu talab elektron retseptga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Retseptlar davolovchi shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amal qiladi.

Kasalligi surunkali bo‘lgan bemorlar uchun ambulatoriya sharoitida kasalliklarning xalqaro tasnifi ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari hamda asosiy farmakologik ta’siriga ko‘ra anabolik faolligi bilan ajralib turadigan dori vositalariga retsept berilganda davolovchi shifokor tomonidan istisno tariqasida retseptda ularning 60 kunlik davolash kursiga yetarli miqdori, qolgan tayyor dori vositalariga esa 90 kunlik davolash kursiga yetarli miqdori ko‘rsatilishi mumkin.

Bunda, retseptda dorixonadan dori vositalarini berish davri (har hafta, har oy va boshqalar) ko‘rsatilishi shart. Qog‘oz ko‘rinishidagi retsept «maxsus maqsadlar uchun» yozuvi bilan davolovchi shifokor tomonidan imzolanadi, elektron retseptlarga esa «maxsus maqsadlar uchun» belgisi va elektron raqamli imzo qo‘yiladi.

Ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilmagan qog‘oz ko‘rinishidagi yoki elektron retsept haqiqiy emas deb hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 184
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 132
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 47
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Bo‘limlar