“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 11:57
ЎЗO‘Z

Shahboz Umarov urgan shedevr goli haqida: O‘sha vaziyatda darvozabon to‘pni jarima maydoniga oshirishimni kutgandi

04 iyul, 22:15 3 634 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shahboz Umarov urgan shedevr goli haqida: O‘sha vaziyatda darvozabon to‘pni jarima maydoniga oshirishimni kutgandi Belarus chempionatining navbatdagi tur doirasida hamyurtlarimiz to‘p surayotgan “Energetik-BGU” mamlakatning yetakchi klublaridan biri hisoblangan BATE klubining mehmoni bo‘ldi. Ushbu bahsda esa “Energetik-BGU” jiddiy o‘yinda o‘ta qimmatli uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, maydonda to‘p surgan hamyurtimiz Shahboz Umarov jarima zarbasidan chiroyli gol urgan holda hammaning olqishu, e’tirofiga sazovor bo‘ldi va yakunda uning goli “Energetik” jamoasiga uch ochkoni taqdim etdi.

Bungacha Belarus chempionatida o‘z o‘yini va gollari bilan barchaning e’tiborini qozonib kelayotgan Jasur Yaxshiboyev garchi maydonga tushmagan bo‘lsa-da, yana bir legionerimiz Shahboz Umarov uning yo‘qligini sezdirmadi va o‘zi ham o‘yini hamda goli bilan foyda keltira olishini yana bir bor isbotladi.

Umuman aytganda, Umarov “Energetik” safidagi ikkinchi golini kiritdi. Uchrashuvdan keyin Shahboz Umarov Sports.uz muxbiri bilan muloqotda o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Avvalo, tabrik uchun katta rahmat. BATEga qarshi o‘yin boshlanishidan avval u yerda havo juda issiq edi. To‘g‘risini aytsam, shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘yinga kirishib ketishga nihoyatda qiynaldik. Endi bevosita uchrashuvga keladigan bo‘lsak, biz xarakter evaziga yutdik deb o‘ylayman. Chunki bahsning 20-daqiqasiga yaqin chetlatish yuz berdi va natijada maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldik. Darvozabonimiz esa penaltidan yo‘llangan zarbani qaytarganidan so‘ng bizning ruhiyatimiz ko‘tarilib ketdi. Baribir maydonda bir kishi kam bo‘lib o‘ynash juda qiyin bo‘ladi. Boz ustiga raqib BATE singari yetakchi jamoa bo‘lsa, bu undan-da, qiyinchilik tug‘dirishi aniq. Biz esa mana shunday bahsda jamoadoshlarimiz bilan munosib xarakter ko‘rsata oldik.

Ayni paytda hamyurtimiz tomonidan kiritilgan gol internet olamida juda tez tarqaldi. Haqiqatan u jarima zarbasida mukammal darajada bexato amalga oshirdi. Bu shubhasiz tahsinga sazovor bo‘ldi. Qiziq, o‘sha vaziyatda Umarov zarba berishdan avval hammasini aniq hisob-kitob qilganmidi yoki tasodif tufayli gol urdimi? Bu haqida ham futbolchimiz o‘z munosabatini bildirdi.

- Tasodifan, shunchaki bo‘lmaydi. Balki kiritgan o‘sha golimni ko‘pchilik tasodif deb gapirishlari mumkin. Lekin men oxirgi bir haftadan beri mashg‘ulotlarda o‘z ustimda qattiq ishlab, asosan jarima zarbalarini tepish borasida mashq qilib kelayotgandim. Aynan mashg‘ulotlarda standart vaziyatlardan yo‘llagan zarbalarim yakunda asosiy bahsda o‘z so‘zini aytdi deb deb o‘ylayman. O‘sha vaziyatda jarima zarbasini yo‘llashdan avval o‘zimga juda ishongandim. Qolaversa, darvozabon o‘zining uzoq burchagini ochiq qoldirgan ekan. Chunki u o‘sha paytda meni to‘pni jarima maydoni ichiga oshiradi, deb o‘ylagandi. Men esa o‘sha nuqtadan gol urishimga ishongandim va amalda ham shunday bo‘ldi.

Bu gol Shahbozning faoliyatidagi eng chiroylisi bo‘ldimi? Shu savol bilan legionerimizga murojaat qilganimizda, fikrimizni tasdiqlab, shunday dedi:
- Menimcha, rasmiy o‘yinlarda kiritgan eng chiroyli golim aynan BATE darvozasiga urgan golim bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman.

“Energetik-BGU” chindan ham joriy mavsumda yaxshi o‘yinlar ko‘rsatyapti. Bunda esa klub safidagi ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchilarning hissalari katta bo‘lmoqda. O‘z o‘rnida BATEga qarshi o‘yin qahramoniga aylangan Umarov jamoasining aniq maqsadi haqida ham gapirdi.

- O‘tgan mavsumda jamoamiz turnir jadvalining o‘rta pog‘onalarida, aytaylik 10-11- o‘rinlarda bo‘lgan. Yuqori pog‘onalarga ko‘tarila olmagan. Bu yil esa hammasi boshqacha. Chunki klubning oldiga jiddiy vazifa sifatida medallar uchun kurashish maqsadi qo‘yilgan. Bu borada klub prezidenti va bosh murabbiy oldimizga aynan sovrinli o‘rinlar uchun kurashishni bosh maqsad qilib qo‘ygan.

Allaqachon Belarus chempionatining yulduziga aylanib ulgurgan Jasur Yaxshiboyevsiz ham “Energetik” uning vatandoshi tufayli ham g‘alaba qozona olishini ko‘rsata oldi. Ammo bugun Jasur maydonda bo‘lganida, ikkala hamyurtlarimiz yana nimalar qilishardi? Umarov esa Yaxshiboyevdan qolishmaslikka harakat qilayotgani quvonarlidir.

- Avvalambor shuni aytishim kerakki, bugungi bahsda Jasur Yaxshiboyevning yo‘qligi qattiq bilindi, - deya jamoadoshi haqida fikr bildirdi, Shahboz. - Hujum chizig‘imiz uning yo‘qligi sababli susayib qoldi. Agar Jasur maydonda bo‘lganida biz yirikroq hisobda yutgan bo‘lardik deb o‘ylayman. Nima bo‘lganda ham bugun gol urib jamoamga muhim g‘alabani keltirganimdan juda ham xursandman.

Shuhratbek Jo‘rayev




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 63
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 315
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 224
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 157
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 0
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 0
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Bo‘limlar