“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 13:39
ЎЗO‘Z

Tergov departamenti Asakada sodir bo‘lgan pichoqbozlik holati bo‘yicha ma’lumot berdi

03 iyul, 13:10 3 098 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tergov departamenti Asakada sodir bo‘lgan pichoqbozlik holati bo‘yicha ma’lumot berdi 2020 yilning 22 iyun kuni soat 10:00da 25 yoshli S.N. Andijon viloyati Asaka tumani Beruniy MFY hududida joylashgan “Sulton Saroy” kafesi oldida tanishi 25 yoshli D.O.ga tanish qizga nima uchun qo‘ng‘iroq qilganligini so‘rab, u bilan o‘zaro janjallashgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, janjal vaqtida S.N. yonida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan D.O.ning o‘ng orqa ko‘krak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat Asaka tumani IIBning jinoyat haqidagi hodisa va xabarlar ro‘yxatidan o‘tkazilib, hodisa joyiga tuman IIB tergov-tezkor guruhi a’zolari chiqqan, hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida S.N.dan bir dona xo‘jalik pichog‘i hamda D.O.ning hodisa vaqtida egnida bo‘lgan ustki kiyimlari xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.

Sudga oid ekspertiza xulosasiga ko‘ra, D.O. «o‘rtacha» og‘ir turdagi tan jarohati olganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib, sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) qo‘llash bilan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 73
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 535
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 485
  • So'nggi yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 0
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 83
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 40
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 234
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bo‘limlar