“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 20:19
ЎЗO‘Z

Jizzaxda ham koronavirusdan o‘lim ro‘y berdi

30 iyun, 00:55 2 886 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda ham koronavirusdan o‘lim ro‘y berdi Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yashagan 72 yoshli otaxon koronavirusning navbatdagi qurboniga aylandi. O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 24 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan 72 yoshli bemor o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi, 72 yoshli otaxon Q.R. joriy yil 20 iyun kuni koronavirusga gumon qilingan va karantin muassasasiga tibbiy kuzatuvga olingan. 22 iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unda 25 iyun kuni koronavirus aniqlangan. Bemorga «Koronavirus infeksiyasi og‘ir kechishi, chap tomonlama bronxopnevmoniya, nafas yetishmovchiligi 2-daraja» tashxisi, shuningdek, «Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet og‘ir kechishi» qo‘shimcha tashxisi ham qo‘yilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya va qandli diabet tashxisi bilan davolanib yurgan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.

So‘nggi kunlarda nafas, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sababli bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan hamda tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Shu tariqa, bugun ham O‘zbekistonda koronavirus tufayli ikki o‘lim qayd etildi. Bungacha Buxoro viloyatida ham 58 yoshli ayol koronavirus tufayli olamdan o‘tgani xabar qilingandi.
Shu vaqtgacha Toshkentda 13, Namanganda 4, Samarqandda va Surxondaryoda 2tadan, Farg‘ona va Buxoroda bittadan o‘lim ro‘y bergandi.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatida mart-aprel oylarida qayd etilgan 3 nafar bemor sog‘ayib, 27 aprel kuni viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi. Ammo 25 iyun kuni Jizzax viloyatida yana 2ta yangi kasallanish holati qayd etildi. Bugun kun davomida viloyatda yana 5ta yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Ayni vaqtda viloyatdagi shifoxonalarda yana 6 bemor davolanmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Koronavirusga chalingan buxorolik ayol vafot etdi 29 iyun, 22:52
  • O‘zbekistonda koronavirusga chalingan shifokor vafot etdi 28 iyun, 19:13
  • O‘zbekistonda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni o‘n kishiga yetdi 03 мая, 16:50
  • O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi 22 apr, 16:39
  • O‘zbekistonda koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi 21 apr, 17:51
  • Kecha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bugun miokard infarktidan vafot etdi 27 mar, 10:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi 24 okt, 18:48 142
  • AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi 24 okt, 18:38 90
  • Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Paxtakor»ni taslim etdi 24 okt, 17:27 102
  • Joze Mourino: “Roma” xo‘jayinlari bir uyum axlat qoldirgan! 24 okt, 17:00 213
  • Turkiyada o‘nta davlat elchilari «qora ro‘yxatga» kiritildi 24 okt, 16:30 190
  • Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar 24 okt, 16:23 195
  • “Bizga Rossiya harbiy bazasining o‘zi yetadi” – Sadir Japarov 24 okt, 15:21 263
  • Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi 24 okt, 15:19 191
  • AQSH Tojikistondagi afg‘on uchuvchilarini tezroq olib ketmoqchi 24 okt, 14:30 234
  • AQSHda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi 24 okt, 14:12 338
  • Rossiyadan Italiyaga borgan futbolchilar ortga qaytadi! Shomurodovchi? 24 okt, 13:08 473
  • Shomurodov "Napoli"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydimi? 24 okt, 12:46 377
  • Bo‘limlar